Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


-mashq. Grammatik o‘yin. Katakchalarni sifat so‘z turkumiga oid  so‘zlar bilan to‘ldiring. Kim tez va to‘g‘ri to‘ldiradi.  Тayanch tushunchalar


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

253-mashq. Grammatik o‘yin. Katakchalarni sifat so‘z turkumiga oid 
so‘zlar bilan to‘ldiring. Kim tez va to‘g‘ri to‘ldiradi. 
Тayanch tushunchalar  
oddiy daraja, ozaytirma sifat, kuchaytirma sifat. 
 


24.2. SIFAТ YASOVCHI QO‘SHIMCHALARNING USLUBIY 
XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: sifat yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi va ularning 
uslubiy xususiyatlari haqida ma’lumot berish. 
R e j a: 
* Тub va yasama sifatlar.
* Sifat yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi va 
ularning uslubiy xususiyatlari. 
Тopshiriq. Quyidagi sifat yasovchi qo‘shimchalarning ma’nodosh-
larini aniqlang. Ular o‘rtasidagi umumiy va o‘ziga xos jihatlarni 
ayting. Shirali — ... suvli —... 
Sifatlarning tub va yasama bo‘lishidan xabardorsiz. Hech 
qanday yasovchi qo‘shimchalarsiz belgi bildiruvchi so‘zlar tub 
sifatlar sanaladi. Masalan, go‘zal, hunuk, oq, qora kabi. Yasovchi 
qo‘shimchalar yordamida boshqa so‘z turkumlaridan hosil 
qilingan sifatlar yasama sifat hisoblanadi. Masalan, suv so‘ziga — 
li qo‘shimchasi qo‘shish orqali o‘zak ifodalagan narsaning 
mavjudligini, me’yordan ortiqligini (suvli) bildiradi, — siz 
qo‘shimchasini qo‘shish orqali esa, aksincha, o‘zak ifodalagan 
narsaning yo‘qligi yoki me’yordan kamligini (suvsiz) bildiradi. 
Sifat yasovchi -li qo‘shimchasi -dor, -kor qo‘shimchalari va ba-old 
qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi, shuning uchun ularni 
birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin. Masalan, go‘shtli-go‘shtdor, 
gunohli-gunohkor, mazali-bemaza kabi; lekin doimo ham ularni bir-biri 
bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, yurakli, kuchli so‘zlarini 
bayurak, yurakdor, yurakkor, kuchdor, bakuch, kuchkor deb bo‘lmaydi. 
Sifat yasovchi -siz qo‘shimchasi be-, -no old qo‘shimchalari bilan 
sinonimik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining 
o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin. Masalan, umidsiz, beumid — noumid
lekin ularni ham doimo bir-biri bilan almashtirib bo‘lmaydi. Masalan, 
aqlsizni beaql deyish mumkin, lekin noaql deb bo‘lmaydi. Shuningdek, 
nomard, noma’lum singari so‘zlardagi no- old qo‘shimchasini be- old 
qo‘shimchasi va -siz qo‘shimchasiga almashtirib bo‘lmaydi, chunki bu 
so‘zlar fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga tayyor holda o‘tgan. Hozirgi o‘zbek 
tilida yasalgan emas. 


Shunga ko‘ra sifat yasovchi qo‘shimchalardan o‘rinli foydalanish katta 
ahamiyatga ega. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling