Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Ijobiy:  
Salbiy:  
mehrli
bemehr
beozor 
dilozor 
257-mashq. O‘qituvchi matn o‘qiydi. Тalabalar uning ichidan sifat so‘z 
turkumiga oid so‘zlarni xotiraga joylab o‘tiradilar. Тalabalar matnni tinglab 
bo‘lganlaridan so‘ng sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni navbat bilan 
aytadilar, o‘qituvchi uni yozuv taxtasiga yozib boradi. (Bu mashqni 
guruhlararo musobaqa tarzida o‘tkazish mumkin.)
KARVON QO‘NG‘IROG‘I
Karvon qo‘ng‘irog‘i jarangi. Bugun va o‘tmish sadosi uyg‘unlashadi. 
...Bir yonda yangi-yangi keng, ravon ko‘chalar, osmono‘par zamonaviy 
binolar bilan sayqal topgan ulug‘ poytaxt — shahri azim, mustaqil yurt faxri 
— Тoshkent! O‘zini anglamoqchi bo‘lgan, avvalo, poytaxtini sevadi. 
Bir yonda Asaka zavodi. O‘zbekning yengil mashinalari. Nelarga qodir 
emas bu xalq. Kechagina «Senlar bitta velosiрed ham ishlab 
chiqarolmaysan» degan g‘animlarimiz ko‘rsinlar buni. 
Bir yonda Qamchiq dovoni. Yaxshilar yo‘l quradi, ko‘priklar bunyod 
etadi. «Savob ishni har kuni qil, har dam qil». 
Sanasak faxr etgulik muvaffaqiyat ko‘p, ammo ular orasida eng muhimi, 
hamma xalqqa, hamma elga suv-u havodek zarur — ulug‘ ne’mat — 
Тinchlik bayrog‘i bilan yangi asrning issiq, nurli quchog‘iga talpinyapmiz. 
«Insoniyat yangi XXI asrga qadam qo‘yganida bizning o‘rnimiz qayerda 
va qanday bo‘ladi?» 
«Xon bo‘lsang-da bog‘ yarat, gadoy bo‘lsang-da bog‘ yarat — bir 
kunmas bir kun mevasini tatirsan». 
Yangi mingyillikda O‘zbekistondek bebaho bog‘, gulshandiyor bilan 
kirib boryapmiz. Yangi dunyoga xarobalar emas, mana shunday ko‘rkam 
bog‘lar yaratib bergan xalqning to‘rdan joy olishga haqqi bormi-yo‘qmi? 
«Yaxshi niyat — yarim davlat». Bu so‘zni mendek bir qalamkashning niyati 
deb qabul qilsangiz, murod hosil. Zero, yangi ostonada turgan, avvalo, 
yaxshi niyat qiladi. 


Qaysiki oila, qaysiki bino va qaysiki asr poydevori poklik asosiga qurilar 
ekan, unda totuvlik, hamjihatlik adolat va tinchlik barqaror bo‘ladi. 
Yangi mingyillik!
Yangi asr! 
Men senga pok g‘isht qo‘yishni istayman. Karvon qo‘ng‘irog‘i 
eshitilyapti. Hayajonli tarixiy damlar. 
Yana ming yillardan so‘ng shunday hayajonli daqiqalarda 
avlodlarimizning yangi dunyoni pok kutib olishlarini istayman. 
(Тo‘lqin Hayit) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling