Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Javoblar 
1. - gina qo‘shimchasi jarangsiz undoshdan so‘ng -kina tarzida bo‘ladi.
2. -be, -ba, -li, -siz qo‘shimchalari.
3. Quroq, kattaroq so‘zlari.
4. Oddiy va orttirma darajadagi sifatlar.
5. Тub, yasama sifatlar, oddiy darajadagi sifatlar.


6. -be, -ba kabi sinonimlari bor.
7. Poyonsiz, cheksiz so‘zlaridagi -siz.  
8. Yasama sifat.
9. Keskir, topqir, chopqir. 
10. Yaxshi — sifat, xushfe’llik, yomonlik, hurmat, nafrat — ot.
Тopshiriq. Siz nutqiy tadbirkorlik deganda nimani tushunasiz?
Misollar bilan tushuntiring. 
261-mashq. Gaplarni ko‘chiring. So‘ngra undagi sifatlarni alohida 
yozing, har birining ma’nosini, gapdagi vazifasini, darajasini, sodda yo 
qo‘shmaligini belgilang. 
1. Naddoflar ko‘chasining o‘ng tomonida kattakon karvonsaroy bo‘lib 
Jome’ va Ark ko‘chasining boshida qad ko‘targan serhasham madrasa bilan 
ajoyib bir uchlikdan iborat silsila tashkil qilar, bir-biriga mutanosib husn 
qo‘shardi. 2. Bir necha diltortar bo‘lmalarda yoshgina cho‘rilar, hurliqoday 
kanizaklar turardi. 3. Abu Bakr Kalaviyning eng ezgu amoli — kishi 
ko‘nglini olish, miskinli qalbini farahbaxsh etish, o‘ziga ziyon bo‘lsa-da, 
o‘zga dilini ovlashdir. 4. Baland bo‘yli, shoptmo‘ylov bir yigit Abu Bakr 
Kalaviy oldida xuddi tol oldidagi terakday serrayib turardi. Yoniga qilich 
emas, uzun pichoq osib olgandi... «Barvasta qomatli, jussador, fil uning 
salobati oldida xartumini yerga qo‘yadi...» — o‘yladi Abu Bakr Kalaviy. 5. 
Poshshoying shulmi? — so‘radi nopisandlik bilan Ahiy Jabbor. 6. Тolibi 
ilmlarga shul narsa ayon bo‘lsinkim, bir bebaho risola, risolayi majmua 
bordir, ilmga dil berganlar o‘shani topmaklari lozim. 7. Risolada Arastu, Al-
Farobiy, Ibn Sinolarning bebadal asarlari jam bo‘lmishdir... 8. Qizning 
ochiq chehraligi, uning oyday jamoliga mahliyo bo‘lgan yigitni yana ham 
o‘rtantirib yubordi. 9. Qizda husn-u malohatdan boshqa ifodalab bo‘lmas bir 
sehr-jodu ham mujassam ekan, bunga yigitning imoni komil edi.  
(Muhammad Ali) 
 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling