Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

264-mashq. Berilgan sifatlarni qavs ichidagi otlarga biriktirib so‘z 
birikmasi hosil qilib ko‘chiring. Ayrim sifatlar uslubiy jihatdan ot bilan so‘z 
birikmasi hosil qilolmaslik sabablarini tushuntiring. 
Xiрcha (bel, uy, ish), ulug‘ (kitob, inson, tabiat), chalkash (fikr, qiz, 
mo‘jiza), yumshoq (so‘z, fikr, piyola), mazali (sho‘rva, ish, ko‘rpa), qishloqi 
(bola, bug‘doy, rang), qalin (so‘z, kitob, soat), notavon (kampir, paxta, 
musiqa), keng (sahro, kitob, choynak), gigant (uy, qand, yer), yashil (ovoz, 
boylik, fikr), laqma (yigit, tish, ruchka). 
265-mashq. Uyga topshiriq. Т. Malikning «Shaytanat» romanidagi 
Asadbek hamda A. Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi Anvar 
timsollariga tavsif yozing. Unda personajlarni tavsiflovchi sifatlarni toping. 
Sifatlarning uslubiy xususiyatini aniqlang. 
266-mashq. Quyidagi matnni o‘qing, sifatlarni toping, ularni izohlang. 
Тemur baland qadli, uzun bo‘yli, tik qomatli, go‘yo u qadimiy 
pahlavonlar avlodidan bo‘lib, keng peshanali, katta boshli, g‘oyatda kuchli 
va salobatli, ajoyib bo‘lalik, rangi oq-u qizil yuzlik, lekin dog‘siz, 
bug‘doyrang emas, qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari 
yo‘g‘on, poychalari semiz, qaddi-qomati kamoliga yetgan, sersoqol, o‘ng 
oyoq-qo‘li cho‘loq va shol, ikki ko‘zi bamisoli ikki sham bo‘lsa-da, shodligi 
bilinmas, yo‘g‘on ovozli edi. U o‘limdan qo‘rqmas, yoshi saksonga yetgan 
bo‘lsa-da, iztirobsiz, vazmin, badani to‘la va pishiq, xuddi zich (qalin) tosh 
misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg‘onni yoqtirmas, o‘yin-kulgi-yu 
ko‘ngilxushlikka maylsiz, garchi (so‘zda) o‘ziga ozor yetadigan biror narsa 
bo‘lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi. 
Тemur tamg‘asining naqshi «rosti rasti» bo‘lib, bu «haqgo‘y bo‘lsang, 
najot toparsan» demakdir.  
(Ibn Arabshoh) 
 
Тayanch tushunchalar 
tub sifat, yasama sifat, old qo‘shimcha, sifat yasovchi qo‘shimchalar 
sinonimiyasi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling