Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Savol va topshiriqlar 
1. Sonlar qanday miqdorni bildiradi?
2. Son bilan kelgan otlar -lar bilan kela oladimi?
3. -ov, -ala qo‘shimchalari qanday sonlarga qo‘shiladi? 
4. Qo‘shma son qismlari qanlay joylashadi? 
276-mashq. Matnni o‘qing. Unda ishlatilgan sonlarni ko‘chirib, ularning 
ma’nosini, morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlang. 
SABR-QANOAТ HAQIDA 
Sabr-qanoat insonlar uchun buyuk bir fazilat. Inson har bir ishni sabr va 
qanoat bilan olib borsa, maqsadiga erishadi. Тinch va rohatda yashashni 
istagan kishi har ishda oshiqmay ohista harakat qiladi, nafsini falokatdan, 
g‘ururdan saqlaydi. Sabr boshimizga kelgan balo va qazolarga chidamli 
bo‘lishimizni talab etadi, shuning uchun ham, birinchidan, har bir ishda sabr 
bilan harakat qilish lozim. Islom dinida sabr yuksak axloqiy fazilatlardan 
biri bo‘lib, mo‘min-musulmon kishining ruhiy tayanchi va hidoyatga 
boshlovchi omildir. Sabr haqida «Qur’oni Karim»da yetmish marotaba zikr 
qilingani ham bejiz emas. Boshqa hech qaysi fazilat bu miqdorda zikr 
etilmagan. Shuning uchun ham «Qur’oni Karim»ning «Anfol» surasining 
46-oyatida «Sabr-toqat qilingiz! Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir», 
deyilgan. 
«Qur’on» sabrli kishilarda uch xislat borligini, bu xislatlar ulardan 
boshqalarda bo‘lmasligini aytadi. 
Birinchisi, ularga Allohning mag‘firati bo‘ladi. Bu ular uchun maqtov 
bo‘lib, bu dunyoda ham, u dunyoda ham sharafdir. 
Ikkinchisi, Allohning rahmati. Musibat uchun Alloh lutf va ehson qiladi. 


Uchinchisi ular hidoyatda yurgan kishilar sanaladi. Haq va to‘g‘ri yo‘lda 
ekanliklari uchun musibat chog‘ida o‘zini qanday tutish kerak bo‘lsa, 
shunday tutganliklari bois ularga xafagarchilik va dard-u hasrat o‘z hukmini 
o‘tkaza olmasligi ta’kidlanadi. 
Sabr-toqatli kishi har bir ishda diyonatli, adolatli bo‘ladi. U bosh-
qalarning kamchiligidan kulmaydi, aksincha unga yaqindan yordam beradi. 
Sabr-qanoatli odamda atrofdagilarga huzur bag‘ishlaydigan odatlar paydo 
bo‘ladi. Sabr-toqat qanchalik og‘ir bo‘lmasin, keyinroq shodlik keltiradi. 
Shu bois, sabr bilan zafar bir-biriga qadimdan do‘st bo‘lib kelmoqda. 
(U. Mahkamov) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling