Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

287-mashq
«Zulfiyaxonim qizlari» mavzusida bahs-munozara 
o‘tkazing. Qo‘shimchalarning ishlatilishiga diqqat qiling. Zulfiya she’ridan 
olingan quyidagi parcha munozarangiz uchun epigraf bo‘lsin. 
Salom mening, aziz dugonalarim,
Azizim, lobarim, chevarim qizlar.
Ey, toza qalbimning oshnolari
Kuylarim ilhomi, sevarim qizlar. 
288-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi jo‘nalish, o‘rin-payt va 
chiqish kelishigi qo‘shimchalarini tegishli ko‘makchilar bilan almashtirib, 
gaplarni ko‘chiring. Kelishik shakli va ko‘makchi so‘zlar sinonimiyasi 
orasidagi uslubiy farqlarini tushuntiring. 
1. Axloq-odobga bag‘ishlangan kitob. 2. Odam odamga hamisha kerak. 
3. Gulruxsorni ko‘rish nasib etmaydi. 4. Bu yulduzlar qayerdan kelgan, 
bibijon? 5. Qora libosga o‘randi. 6. Abu Ali endi G‘aznaga yo‘l oldi. 7. 
Begimga o‘xshashni xohlayman. 8. Beruniy indamay eshikka yo‘naldi. 9. 
Go‘yo bu ertakda kamina sulton Sohibqironning izzatini yerga urgan 


emishman. 10. Qaysi gunohlaringga seni qiynoqqa soldilar. 11. Malikul 
sharob o‘zlarini Ibn Sino deb, oqko‘ngil avomni to‘nab yurguvchi 
qalloblarni ko‘p eshitgan edi. 12. Yuzi qizil shoyi belbog‘ga o‘ralgan 
sulton bir ikki marta pitir-pitir qildi-da, o‘likday uzala tushib yotib oldi. 13. 
Bu sotqinligingga, yigirma yil qora daftarga bitgan ig‘vo so‘zlaringga ne 
olding? 14. Navkar uning qo‘llaridan qayirib, eshikka sudradi.
(O. Yoqubov)
289-mashq. Kelishik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib yozing va 
uslubiy jihatdan farqini ayting. 
1. Kim maktabga qadam bosgan kuni (-da, -dan) ochiq chehra bilan 
qarshilagan ustozini yo‘qlaydi. 2. Kim o‘z murabbiysining farzandi (-ni, -
ning) yoniga olib, hayotdagi o‘rnini topib olishiga ko‘maklashyapti. 3. Gap 
Arastu haqida borar ekan, yana bir rivoyat (-ni, -dan) keltirish bilan ustoz-
shogirdlik o‘rtasidagi munosabatlar azaldan oson kechmaganligi (-ni, -ning
pisanda etmoqchimiz. (Gaz.) 4. Bu durdonalar (-ni, -dan) har bir odam o‘zi 
bitta-bittadan terib, husn xazinasiga keltirib to‘kadi. 5. Akalarim bilan bir 
g‘ujum-bir g‘ujum (-da, -dan) talashib edik. 6. O‘girilib qaradim-u, uch-
to‘rt qadam park (-dan, -da) turgan ammaga ko‘zim tushdi. 7. Laylaktepa (-
ga, -dan) o‘tib Qozirabotga borganda qaynama buloq (-da, -dan) muzday 
tiniq suv ichdik. 8. «Siymon ko‘prik»dan o‘tish (-ni, -ning) o‘zi bir tomosha. 
Тerak bo‘yi chuqurlik (-ka, -da) suv qorayib oqadi. 9. Aravakashlar 
so‘kingan, eshaklar hangragan, og‘zi (-da, -dan) tupugi osilgan, usti (-ga, -
da) qop-qop somon tog‘dek uyulgan tuyalar ham o‘tib qoladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
(O‘. Hoshimov)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling