Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Тayanch tushunchalar kelishik, bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, o‘rin-payt kelishigi, jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi. 28.2. EGALIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYAТLARI Dars maqsadi: egalik shakllari yuzasidan talabalar bilimlarini mustahkamlash, ularda egalik qo‘shimchalaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. R e j a: * Egalik qo‘shimchalari haqida. * Egalik qo‘shimchalarining shaxs-son ma’nolari bo‘yicha turlari. * Ko‘plik shaklidagi egalik qo‘shimchalarining birlik ma’nosida qo‘llanilishi va buning sabablari. Тopshiriq. Berilgan birikmalardagi nuqtalar o‘rniga mos keladigan qo‘shimchalarni qo‘ying. Bu qo‘shimchalarning ma’nosi va vazifasini ayting. Men... kitob... Biz... kitob... Sen... kitob... Siz... kitob... U... kitob ... Ular... kitob. Bir shaxsga mansub bo‘lgan egalik qo‘shimchalari birlik va ko‘plikni ifodalash bo‘yicha o‘zaro farqlanadi. Ularni quyidagicha ko‘rsatish mumkin. Egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik ma’nolari asosida yuqoridagi kabi zidlanish ayrim vaqtlarda buziladi. Bunday vaqtda ko‘plik shakli o‘zi qo‘llanayotgan narsa-hodisaning birdan ortiqligini emas, balki hurmat ma’nosini bildiradi. Masalan, Onamiz dam olgani ketdilar. II shaxs egalik qo‘shimchasining ko‘plik shakli ko‘pincha «siz»lash ma’nosida qo‘llaniladi. Masalan, opang («sen»siraganini bildiradi) — opangiz («siz»lashni bildiradi) Bunday hodisa III shaxs egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik shakliga ham daxldordir. Masalan, opasi («sen»lash) — opalari («siz»lashni bildiradi) Badiiy uslubda tilimizning bunday imkoniyatidan personajlar xarakterini ochishda ustalik bilan foydalanadilar. Masalan, Xo‘jayinning itlari. (A. Qahhor) It hurmatga sazovor emas. Lekin xo‘jayiniga laganbordorlik shunday kuchliki, uning itiga ham ana shunday munosabat bildiriladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling