Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Fe’l deb qanday so‘z turkumiga aytiladi?


2. Fe’llarning qanday ma’no turlarini bilasiz? 
3. Bir ma’no guruhiga mansub fe’llar qanday belgilariga ko‘ra 
farqlanadi? 
294-mashq. Тopishmoqlarni o‘qing. Fe’llarni harakat bildiruvchi va 
holat bildiruvchi fe’llarga ajratib yozing. 
Dam oladi kunduzi, xonadonning yulduzi. Kechasi ochilur, osmonga 
sochilur. Osmonda u yaraqlab, kulib turar charaqlab.
Oyna emas jimirlar, tek turmasdan qimirlar. Kundalik tarix o‘zi, har 
yerda uning so‘zi. Katta oppoq dasturxon, yer yuzini qoplagan. Тunda 
ko‘rib cho‘g‘ deysan, Тongda ko‘rib yo‘q deysan. Тanga-tanga to‘ni bor, 
mitti ko‘zi unga yor. Yursa suvlar jimirlar, Qamishlar ham qimirlar. 
Qulochida qo‘sh-qo‘sh halqa, Xizmat qilar charchamay xalqqa. Kulib turar 
misoli oftob, Hamrohidir chang, tor va rubob. 
295-mashq. Fe’llarni harakat-holat ifodalanishiga ko‘ra guruhga 
ajrating, har bir turiga o‘ntadan misol yozing. 
296-mashq. O‘zbek tilida fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra 
ikki asosiy guruhga bo‘linadi: mustaqil fe’llar, yordamchi fe’llar. Siz ham 
quyidagi matn ichidan mustaqil fe’l va yordamchi fe’llarni ajratib yozing, 
shaxs-son qo‘shimchalarini aniqlang. 
ZULFIYAXONIM 
Dunyo qadim-qadimdan sharq ayoli, turkiy ayollarni yaxshi tanigan. 
Тarixning barcha bosqichlarida ular dunyoga o‘zining borligini goh mardlik, 
jasorat bilan, goh tadbir-u oqilalik bilan, goh she’riyat bilan bildirib, tanitib, 
tan oldirib kelganlar. Ana shu zotlardan biri Zulfiyaxonim bo‘lib, u el 
muhabbatiga, ayollar ishonchiga tasodifiy bir holatda muyassar bo‘lgan 
emas. Opaning huzuriga olis qishloq-lardan yuzlari quyoshda qorayib 
ketgan, ajinlari bolalagan ayollar qo‘llarida go‘dagi bilan madad so‘rab 
kelardi. Ustoz ularning boshini silar edi, yupatar edi. 
«Sakson yil lovullab so‘nmagan o‘tman», deydi Zulfiyaxonim 
she’rlarining birida. 
Men dengizning labida turdim,
Dengiz to‘lib chayqaldi yurak. 


Xalqning og‘riqlariga, quvonchlariga joni bilan tutashmagan shoira 
bunday yoza olmaydi. 
Biz shoiraning ovozlarini, chiroyli qarashlarini, issiq qo‘llarini 
sog‘ingan edik. Ular xonaga kirganda bir qalqib tushib, o‘zimizni o‘nglab 
olar edik. 
Balki, Prezidentimiz Farmoni bilan adabiyotimizga kirib kelayotgan 
yangi Zulfiya qizlarining kuchli ovozlari bu sog‘inchimizni bosar. Balki, 
ustozni ko‘rgan ko‘zlarimiz bilan bir-birlarimizga termulib, bu sog‘inchga 
malham toparmiz. Nima bo‘lganda ham biz «Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi 
hali» degan taskin bilan yashaymiz. 
(Q. Rahimboyeva) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling