Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

297-mashq. Sharq tafakkuri xazinasidan olingan «Vatan» haqida 
berilgan satrlardan o‘kinch fe’llarini toping, zamonini aniqlang. 
Yerimiz, suvimiz, farzandimiz deb,
Xotin, bola-chaqa, dilbandimiz deb,
Birma-bir jonimiz etamiz fido,
Vatanni dushmanga bermaymiz aslo! 
(Abulqosim Firdavsiy) 
Qafas xoh fil suyakdir, xoh tillo,
Chekar qush bo‘ston dardini, tanho. 
(Xusrav Dehlaviy)  
Kimki g‘animat deb vatandin quchar,
Boshqaga ham ko‘ngil qo‘yolmay o‘tar.
Uchqun toshdan ajrab chiqqanidan so‘ng,
Qancha ardoqlama, bari bir uchar.
(Abduqodir Bedil)  
Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g‘urbat havas aylama.
(Alisher Navoiy)  
298-mashq. Quyidagi balladaning mazmunini nasriy yo‘l bilan og‘zaki 
bayon qiling. So‘ng fe’l mayllarini aniqlang, ularni alohida ko‘chirib 
yozing. 
O‘G‘IZXON VA YOVUZXON


...Kuchli raqib — qo‘shni xondan
Maktub olmish O‘g‘izxon.
Unda shunday bitilganmish:
«Тingla, so‘zimni, ey xon.
Duldulingni yoqtirganman,
Uni yuborgin menga. 
Yo‘qsa, qo‘shin tortgaydirman
Yurtingga — makoningga!»
Behuda qon oqmasin deb 
U yutib fig‘onini
Yuboribdi raqibiga, 
Sevgan arg‘umog‘ini.
Biroz fursat o‘tib ul xon
Yana maktub yo‘llabdi.
Undagi shart — misli to‘fon,
Barchani o‘ylatibdi:
«Xotiningni suyib qoldim,
Uni tortiq et menga.
Yo‘qsa qo‘shin tortgaydirman, 
Manzil-u makoningga». 
Haqoratdan battar edi, 
Garchi bu shart, bu so‘rov.
Malikadan voz kechdi u,
Qon to‘kmasin deya yov. 
Yeb to‘ymagan yalab to‘ymas,
Deganicha bor ekan.
Ul yovuz xon tag‘in shunday
Maktub yuborgan ekan:
«Falon yering ma’qul ko‘rdim,
Uni in’om et menga.
Yo‘qsa qo‘shin tortgaydirman,
Seni tug‘gan Vatanga!»
Har galgidek mashvaratga,
Yig‘ilgan oqsoqollar.
«Mayli, bergin», deb aytishdi
Surib og‘ir xayollar:
«Balki uning nafsi qonib,
Shu bilan daf bo‘lgaydir.


Bir parcha yer ketsa, mulking 
Kamayib qolmagaydir...»
« — Yo‘q! — deya shitob bilan
Тurib ketdi O‘g‘izxon.
— Ajdodlarim yotgan xokni,
Bermagayman hech qachon!
Bu zaminning har zarrasi,
Qalbimga ildiz otgan.
Magar uni yovga bersam,
Quyosh biz uchun botgan...»
Shundoq deya shoh O‘g‘izxon,
Qilichini sug‘urdi.
Lashkar tortib, raqibini,
Qoni bilan sug‘ordi...
Zafar bilan qaytarkan u,
Onajon — tuprog‘iga.
Shunday so‘zlar yozdiribdi,
Yurtining bayrog‘iga:
«Bobolarim ruhi kezgan,
Har qarich yer — muqaddas.
Yuragimiz unga qalqon,
Bo‘lsin to so‘nggi nafas!..»
(Тoshpo‘lat Ahmad)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling