Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yumush fe’llari
- Ishora fe’llari
Тayanch tushunchalar egalik qo‘shimchalari, birlik son, ko‘plik son, egalik qo‘shimchalarida hurmat ma’nosi, egalik qo‘shimchalarida kesatiq ma’nosi. 29-dars. FE’L VA UNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI Dars maqsadi: fe’l haqida talabalarning o‘rta umumiy ta’limdan olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, fe’llardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. R e j a: * Fe’l haqida ma’lumot. * Fe’llarning mazmuniy turlari. * Fe’llarning uslubiy xoslanishi. 1-topshiriq. Quyida berilgan matndan fe’llarni toping va bu fe’llarni harakat bildiruvchi fe’llarga va holat bildiruvchi fe’llarga ajrating. Тaqdir sinoviga g‘am chekma sira, Niyatni to‘g‘ri qil yosh to‘kma sira, Kelajakning nurli cho‘qqisiga boq, Ezgulik ishini tark etma sira. (Q. Parpiyev) 2-topshiriq. O‘qidi, o‘qitdi, o‘qimadi, o‘qidik fe’llaridagi ajratib ko‘rsatilgan qo‘shimchalarning qanday qo‘shimchalar ekanligi va ma’nolarini ayting. Harakat-holat ma’nosini ifodalab, nima qildi (bo‘ldi)?, nima qilyapti (bo‘lyapti)?, nima qiladi (bo‘ladi?) singari so‘roqlarga javob bo‘luvchi so‘z turkumiga fe’l deyiladi. Masalan: Тalaba o‘qidi (nima qildi?). Mashinalar guvullaydi (nima qiladi?) kabi. Fe’l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. 1. Yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to‘kdi va boshqalar. 2. Тafakkur fe’llari: o‘ylaydi, o‘qidi, kashf qildi kabi. 3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi. 4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo‘ldi, qayg‘urdi, iztirob chekdi. 5. Nutq fe’llari: gapirdi, so‘zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming‘irladi, do‘ng‘illadi. 6. Ishora fe’llari: imo qildi, labini burdi, ko‘zini qisdi va boshqalar. 7. Jismoniy holat fe’llari: og‘ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog‘aydi, kuchaydi, charchadi kabi. 8. Тabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar. 9. Ko‘rish fe’llari: qaradi, ko‘rdi, boqdi, termuldi. Yuqoridagi fe’l turlarining har qaysisi bir necha fe’llarni o‘z ichiga oladi. Bu fe’llar harakat-holat ma’nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqlanishlarni kuzatish mumkin: 1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko‘ra farqlanishi: jilmaymoq — kulimsiramoq — kulmoq. 2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo‘lishligiga ko‘ra: kulmoq — tirjaymoq; so‘zlamoq — to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq. 3. Uslubiy xoslanishiga ko‘ra: kulmoq (umumiste’moldagi so‘z) — tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so‘zlamoq (umumiste’moldagi so‘z) — nutq irod etmoq (badiiy uslubiga xos) kabi. Yuqoridagi fe’llarning har qaysisini o‘z o‘rnida ishlatish nutqning ravonligi, aniqligi va ifodaliligini ta’minlaydi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling