Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

290-mashq. Matndagi grammatik-uslubiy xatolarni aniqlang. Uni 
qonun-qoidalar asosida qayta tahrir qilib ko‘chiring. 
BU YO‘LDA XAТO QILMA
Bahor fasllarni eng qaynoq, eng sertashvish, ayni zamonga eng 
zavqbaxshi. Undan gulyaproqlarni atri, jonbaxsh ellarni sho‘xligi, 
uyg‘ongan hayotni jilvasi... Daraxtlar gullaydi, qushlar kuylaydi... Ularni 
gullarida ham, qushlarning kuylarida ham zurriyod istagining taronasi. 
Nebaxt, tabiat taqozosi bu! 
Bu taqozoga inson ham bahramand. Unda ham bahor kabi qiyg‘os 
gullaydigan, qushlar kabi sevga taronasida kuylaydigan oltin davr bor. Bu 
davr uni o‘z sakkiz yoshi. Bunga «balog‘at» «sevgi yoshi» ham deydilar. 
Mayli, gap uning nima deyishdan emas, mohiyatidan. Darhaqiqat, o‘n 


sakkizga kirganki bor, qalbi muhabbatga yo alami bilan jarohatlangan, yo 
lazzati bilan baxt dukuridan to‘lgan bo‘ladi. 
Xo‘sh, bu savdodan hamma ham bir xil qaraydimi? 
Afsuski, yo‘q. Ba’zi yoshlar sevgini shunchaki ko‘ngilxushligi deb 
engil-elpi qarashsa, ba’zi keksalar, uni bog‘lovchi, yaratuvchi, baxt-saodat 
keltiruvchi kuchining tan olmaydilar. 
Bu boradan farzand uchun eng ko‘p jonkuyar, eng to‘g‘ri maslahatto‘y, 
eng yaqin do‘st ota-onadir. 
Darhaqiqat, ota-ona roziligi, ayniqsa, maslahati bilan qurilgan yosh oila 
qariyb zavol ko‘rmaydi.
(M. Ismoiliy) 
291-mashq. Quyidagi matndan kichraytirish — erkalash shakllarini 
toping. Har bir shaklning semantik uslubiy xususiyatini bayon eting. 
ТO‘YGA AYТMADINGIZ 
Saodat xola akajonimni yo‘qlab kelay deb, ertalabdan issiq non yopib
dasturxoncha qilib, qo‘shni qishloqqa paxtazor oralab yo‘lga tushibdi. Bog‘ 
tarafdan o‘tdi, bu yerga kelib bolakay davrlari esga tushdi, jajjiligidagi 
o‘rtoqlari yodiga keldi. Birdan hovlidan kelayotgan ovozni eshitib to‘xtab 
qoldi. Musiqa ashula, «Тabriklaymiz», «Kelinchak qutlug‘ bo‘lsin!» degan 
so‘zlarni eshitib, beixtiyor xo‘rligi kelibdi. «Huv desa, yetadigan joydaman, 
bir og‘iz: «Opajon, kelin olyapmiz!» desa bo‘ladi», deya o‘z-o‘ziga 
gapirganicha kelgan yo‘liga qaytibdi. 
Uyga kelsa, akajonisi so‘rida xo‘jayini bilan choy ichib o‘tirganmish. 
— Ha, to‘yni boshlab, endi aytgani keldingizmi? — debdi o‘pkaginasi 
to‘lib Saodat xola. 
Saodat xola eshitganlarini to‘kib solibdi.
— Ha, singilginam-a, — debdi akasi. — Axir, u magnitofon-ku? O‘sha 
sen «uylantirib» qaytgan jiyaning kecha qo‘ymasdan bozorchadan bir 
qo‘zichoq o‘rniga o‘shani oldirdi. O‘rtog‘ining to‘yini «yozib» kelgandi. 
Shuni eshitib o‘tirishgandir, shumtakalar.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
(Jurnaldan)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling