Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
olmosh, kishilik olmoshlari, ko‘rsatish olmoshlari, o‘zlik olmoshi, 
so‘roq olmoshlari, belgilash-jamlash olmoshlari, bo‘lishsizlik olmoshlari, 
gumon olmoshlari. 
 
 
 
 
28-dars. KELISHIK VA EGALIK
SHAKLLARI HAMDA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI
 
28.1. KELISHIK QO‘SHIMCHALARI VA ULARNING USLUBIY 
XUSUSIYAТLARI 


Dars maqsadi: kelishiklar haqidagi talabalar bilimini mustahkam-lash, 
ularda kelishiklardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 
R e j a:
* Kelishik haqida ma’lumot.
* Kelishik uyasi.
* Kelishiklarning o‘zaro vazifa almashinishi.
1-topshiriq. Quyidagi birikmalarda nuqtalar o‘rniga tegishli 
qo‘shimchalarni 
qo‘ying. 
Qanday 
tegishli 
qo‘shimchalar 
qo‘yganingizni ayting. Maktab... bordimolma... yedimo‘rik... guli
2-topshiriq. Uzum ye, uzumni ye, uzumdan ye, birikmalarining bir-
biridan farqini ayting. 
Do‘stimning maktubi. Bozorga bormoq. Uzumni yemoq. Birinchi 
birikmada -ning shakli do‘stim so‘zini maktub so‘ziga; ikkinchi birikmada -
ga qo‘shimchasi bozor so‘zini bormoq so‘ziga; uchinchi birikmada -ni 
qo‘shimchasi uzum so‘zini yemoq so‘ziga tobelash yo‘li bilan bog‘lash 
vazifasini bajaradi. 
Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, uni boshqa so‘zlarga 
bog‘lab 
keladigan 
grammatik 
shakllar 
tizimi 
kelishik 
qo‘shimchalari hisoblanadi. 
Kelishik qo‘shimchalarining jami kelishik uyasini tashkil etadi. Buni 
quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, tobe so‘z hokim 
so‘zning ma’nosi talab etgan kelishik qo‘shimchasini oladi. Masalan, 
o‘tirmoq so‘zida o‘tirish joyi bilan bog‘lanish imkoniyati bor. Shuning 
uchun unga bog‘langan so‘z o‘rin kelishigini oladi. Yemoq so‘zida esa 
bunday ma’no yo‘q. Shuning uchun u o‘rin kelishigi olgan so‘z bilan 
bog‘lana olmaydi. Yemoq so‘zida yeyiladigan narsa (obyekt) ma’nosi 
borligi uchun xuddi shunday ma’noga ega bo‘lgan tushum yoki chiqish 
kelishigini olgan so‘z bilan bog‘lana oladi.
Kelishik qo‘shimchalari biri o‘rnida ikkinchisi ko‘pincha almashinib 
kelishi va birikma ma’nosiga ta’sir etishi mumkin. 


Avvalo, og‘zaki nutqda qaratqich kelishigi shakli bilan tushum kelishigi 
shakli farqlanmaydi. Har ikki kelishik uchun tushum kelishigi shakli 
qo‘llaniladi, lekin bunday qo‘llanish ma’noni o‘zgartirmaydi. 
Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi shakllari bosh kelishik shakli 
bilan almashinishi mumkin. Masalan, o‘rikning gulio‘rik guli. Uzumni 
yedi — uzum yedi. 
Qaratqich qo‘shimchasining bunday ikki xil qo‘llanilishi o‘rtasida 
quyidagicha ma’no farqlanishi bor: ikkinchi holatda umuman o‘rik guli 
ma’nosi bildirilsa, birinchi holat, ya’ni qaratqich kelishigi bilan kelgan 
holatda predmetning aniqligi va bu predmetning ta’kidlanishini bildiradi. 
Xuddi shunday ma’no farqlanishi tushum kelishigi bilan bosh kelishik 
almashgan holatda ham kuzatiladi: uzumni yedi (so‘zlovchi va tinglovchi 
ma’lum bo‘lgan aniq uzum) — uzum yedi (umuman uzum). 
Тushum kelishigi bilan chiqish kelishigi o‘zaro almashinib kelishi 
mumkin. Bunday vaqtda tushum kelishigi qo‘llanilgan birikma uch xil 
ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Uzumni yedi uzum yediuzumdan yedi. Birinchi va ikkinchi 
holatda butun (ya’ni uzumning hammasi) ma’nosi bo‘lsa, uchinchi holatda 
qism ma’nosi (uzumning bir qismi) ifodalanadi. 
Ko‘rinadiki, kelishik qo‘shimchalaridan o‘rinli, maqsadga muvofiq 
foydalanish fikrni aniq ifodalashga katta yordam beradi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling