Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
birlik son, o‘nlik son, sodda son, qo‘shma son, sonlarda jamlik ma’nosi, 
sonlarda gumon ma’nosi. 
 
 
 
 
27-dars. OLMOSHLARNING MA’NO
XUSUSIYAТLARI  
Dars 
maqsadi: 
olmoshlarning ma’no xususiyatlari haqidagi 
talabalarning bilimlarini mustahkamlash.
R e j a:
* Olmosh va uning vazifalari.
* Olmoshlarning ma’no turlari. 


Тopshiriq. «Mingta siz-bizdan bitta jiz-biz yaxshi», «Sen ham, siz 
ham bir og‘izdan chiqadi» maqollarining tarkibida kelayotgan 
olmoshlarning uslubiy xossalarini izohlang. Siz ham olmoshlar 
ishtirokida gaplar tuzing. 
Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot (Kat) shahrida tug‘ilgan. 
Uning ismi Muhammad, otasining ismi esa Ahmaddir. Bu gapda Beruniy 
atoqli oti o‘rnida Uning so‘zi almashib, atoqli ot ifodalagan ma’noni 
anglatadi. Yoki: «Yaxshilik qo‘lingdan kelmasa, yomonlik qilma. Bu hech 
qachon yodingdan chiqmasin». Mazkur gapda esa bu so‘zi oldingi butun 
gap o‘rnida almashib kelyapti. 
Barcha mustaqil so‘z turkumlari va hatto yordamchi so‘zlar 
hamda gap o‘rnida almashinib kelgan so‘zlarga olmosh deyiladi. 
Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe’l o‘rnida va ba’zan yordamchi so‘z, 
gap o‘rnida almashinib keladi. Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi 
kishilarga rohat bag‘ishladi. Gullarning ko‘pi pushti rangda. Ana shu rang 
menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog‘bonning 
jahlini chiqardiVa bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gaplarni bog‘laydi. Bu 
teng bog‘lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) 
o‘rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o‘rnida ana shu, uchinchi gapda uza 
boshladi (fe’l) o‘rnida bu so‘zlari, to‘rtinchi gapda va bog‘lovchi o‘rnida bu 
olmoshi almashinib kelyapti.
Olmoshlar bevosita atash ma’nosiga ega bo‘lmaganligi uchun «ichi 
bo‘sh so‘zlar» deb ham yuritiladi. 
Olmoshlar qanday so‘zlarning o‘rnida almashinib kelishi va qanday 
ma’noni ifodalashiga ko‘ra bir necha ma’no turlariga bo‘linadi. Buni 
quyidagi jadvalda ko‘ring: 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling