Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
o‘lchov so‘zlari, og‘irlik o‘lchovlari, uzunlik o‘lchovlari, donalik 
o‘lchovlari, maydon o‘lchovlari, hisob so‘zlar. 
26.2. SONLARNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: sonlarning uslubiy xususiyatlarini tushuntirish orqali 
talabalarning nutqiy malakasini oshirish. 
R e j a:
* Sonlarning miqdor bildiruvchi boshqa so‘zlar-
dan farqi.
* Sonlarga qo‘shimchalarning qo‘shilishi.
 


1-topshiriq. Ko‘p so‘zi bilan o‘nta so‘zini birining o‘rnida 
ikkinchisini qo‘llang. 
2-topshiriq. -ov, -ala qo‘shimchalarini o‘nlik sonlarga qo‘shing. 
Bir soniga -ov qo‘shimchasini qo‘shganingizda qanday ma’no 
ifodalaganini ayting. 
Sonlar predmetlarning aniq miqdoriy belgilarini bildiradi. Ana shu 
xususiyati bilan miqdor bildiruvchi so‘zlardan farq qiladi. 
Solishtiring: Magazindan kitob oldim. (Miqdori bittami, undan 
ortiqmi, noma’lum.) Magazindan ko‘p kitob oldim. (Miqdori bittadan 
ortiq, lekin nechtaligi noma’lum.) Magazindan o‘nta kitob oldim. 
(Miqdorning nechtaligi aniq.) 
Birdan boshqa sonlarning barchasi predmet bildiruvchi so‘zlarga 
qo‘shilib, uning bittadan ortiqligini, ko‘pligini ifodalaganligi uchun 
son bilan birga kelgan otlar ko‘plik shaklini olmaydi. Masalan, olma 
olmalar. Lekin ikkita olma, o‘nta olmani, ikkita olmalar, o‘nta 
olmalar deb bo‘lmaydi. Bu o‘zbek adabiy tili uchun me’yorning 
buzilishi bo‘ladi. 
Sonlarga -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilib jamlik ma’nosi 
anglashiladi. Bu qo‘shimchalar jamlik ma’nosini ifodalar ekan
demak, ular bir sonidan boshqa sonlarga qo‘shiladi. Masalan, 
ikkovimiz deyish mumkin, lekin biralamiz deyilmaydi. -ov bir soniga 
qo‘shilib jamlikni emas, balki gumon-taxmin ma’nosini bildiradi va 
olmosh so‘z turkumiga o‘tadi: Birov (kimdir) keldi
-ov, -ala qo‘shimchalari ikki sonidan yigirma sonigacha 
qo‘shiladi, lekin yigirma soni bu qo‘shimchalar bilan qo‘llanilmaydi. 
O‘no‘novi deyish mumkin, biroq yigirma yigirmovi — 
yigirmalasi deyilmaydi. 
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, sonlar tuzilishiga 
ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1. Sodda sonlar; 2. Qo‘shma sonlar. Faqat bir 
tarkibdan (bitta sondan) tashkil topgan sonlar sodda sonlar deyiladi. 
Masalan, ikki, uch, o‘n, yigirma va boshqalar. Ikki va undan ortiq tarkibdan 
(sondan) tashkil topgan sonlar qo‘shma sonlar deyiladi. Masalan, o‘n ikki, 
bir yuz yigirma, bir million, ikki ming uch yuz o‘n. Hozirgi o‘zbek tilida 
qo‘shma son tarkibiy qismlarining qat’iy joylashish o‘rni bor: yuzgacha 
bo‘lgan sonlardan oldin katta son, undan so‘ng kichik son keladi. Masalan, 
o‘n bir, o‘ttiz besh kabi. Yuzlikdan keyingi sonlarda birlik va o‘nlik sonlar 
ulardan oldin kelishi ham, keyin kelishi ham mumkin. Birlik va o‘nlik 


sonlar yuzlik, minglik sonlarning qayerida kelishiga ko‘ra ma’no juda 
kuchli farqlanadi: 
Birlik va o‘nlik sonlar, yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelsa
yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelgan son qancha bo‘lsa yuzlik va 
undan ortiq sonlar shuncha barobar ortiq ekanligi anglashiladi. Masalan, 
ikki yuz degani ikkita yuz deganidir. Aksincha, birlik va o‘nlik sonlar yuzlik 
hamda undan ortiq sonlardan keyin kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning 
birlik o‘nlik sonlar bilan ortganligini bildiradi. Masalan, ikki yuz uch degani 
ikkita yuz-u va unga uchning qo‘shiluv deganidir. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling