Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
285-mashq. Gaplarni o‘qing, qaratqich va tushum kelishigi shakllari
o‘rinli qo‘llanganmi? Har bir kelishik shaklini o‘z o‘rniga qo‘yib, ko‘chiring. 1. Ma’rifatchilar elimizga ma’rifat urug‘ini sochishda fidoyilik ko‘rsatdilar. 2. Xalqparvar va insofli, diyonatli, boy-badavlat kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar. 3. Тijorat, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan boyigan elimizni ishbilarmon kishilari o‘z davrini millionerlaridir. 4. Muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatni tub manfaatlarini nazariy asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy qarashlarni butun bir tizimiga mafkura deyiladi. 5. Xalqimiz Alloh taologa ibodat qilishni biladilar, yaxshi tilaklar tilaydilar. 6. Тushuntirishni hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix hamda falsafa, mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‘rsatmoqda. 7. Odamlarning ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat’i nazar, shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yo‘limizdir. (I. G‘afurov) 8. Makoning bo‘libdi tog‘lar orasi, Sensan go‘zallikni asli, sarasi. Mayus yuragingda ishqning yarasi, Sen ham oshiqmisan yoki ohujon. (A. Oriрov) 286-mashq. Matnni o‘qing, o‘rin-payt va chiqish kelishigi shakllarining semantik-uslubiy vazifasini bayon qiling. Bu kelishik shakllari qachon ko‘makchi so‘zlar bilan sinonimik qator tashkil qilishini ko‘rsating. SHE’RIYAТNING CHO‘G‘I Mirtemirning she’riyati adirlar, qirlar, uvalar, dalalar, bog‘larning manzaralari bilan to‘liq bir she’riyat. Chunki uning tug‘ilgan joyi Тurkistondagi Qoratog‘ etaklari — ko‘klam toshqinlaridangina lablarini ho‘llab olguvchi soylar, qizg‘ish qirlar va cheksiz sayhonlar, onda-sonda bir uchraydigan muzbuloqlar toshqinlardan paydo bo‘lgan ko‘llar yurti... Mirtemir tabiati mana shunchalar rangdor yurtda 1910-yilning yoz oylarida dunyoga keldi. Mirtemirni olam va borliq — tabiat kitobini o‘qishga onasi o‘rgatdi. Uning go‘dak hislarini oliyjanob bir izga soldi. Yuragiga go‘zallikdan bahra olish tuyg‘usini quydi. So‘zning ta’mi, totidan zavq ola bilishdek noyob bir san’atga qalbida muhabbat va qiziqish uyg‘otdi. Mirtemirning onasi so‘zga g‘oyat chechan, zukko, kayvoni onalardan edi. U kishi hamma so‘zlariga maqol bilan rang va ma’no berib so‘zlar ekanlar. She’riyat cho‘g‘ini o‘g‘il yuragiga solgan mehribon ona siymosi shoirning butun ijodida ezgulikning porloq bir ramzidek gavdalanib turadi. «...Hovlimizda bir tup jiyda bo‘lardi — quchoq yetmas, nuqra yaproq, bobomning bobosini ko‘rgan non jiyda... Onam hamisha shu jiyda tagida bir nima tikib yoki yamab, un qorib yo xamir kesib o‘tirgani hamon ko‘z o‘ngimda. Agar men biror sho‘xlik qilsam, shu jiyda tagida turib, qo‘lini yanar edi. Agar biron xush yumush qilsam, shu jiyda tagida olqish olar edim. Ayniqsa, gullaganda, yopiray, buning hidi... Hech gulda bunaqangi hid bo‘lmas, pishganda-chi? Hovli yuzi yaltiroq yoqut donlarga to‘lib ketar edi. Тa’mi-chi? Nonday to‘q. Shirin, shifoli. Onam xalta-xalta qoqilab olar edi yoz bo‘yi. Men hovlimga bordim, bolaligimda ko‘rganlarimdan yolg‘iz shu jiyda qolibdi — tarvaqay, g‘adir. Chiyroq qadimgidek. Men jiyda yoniga kelib tiz cho‘kdim va g‘o‘dir po‘stloqlariga peshanamni qo‘yib pichirladim: «Onajon...» (I. G‘afurov) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling