Dars maqsadi: nisbat shakllari haqida o‘rta umumiy ta’limda
olgan
bilimlarni mustahkamlash.
Nisbat shakllaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
R e j a:
* Nisbat shakllari haqida ma’lumot.
* Nisbat shakllari tasnifi.
* Nisbat shakllarining o‘zaro
vazifaviy almashinuvi
va uning uslubiy xususiyatlari.
Тopshiriq. Yozda fe’lidan
-ish,
-il,
-dir qo‘shimchalari orqali turli
nisbat shakllarini hosil qiling. Har qaysi nisbat shakli qo‘shilganda
ma’noda qanday o‘zgarish ro‘y berayotganligini ayting.
O‘qidi, o‘qitdi, o‘qishdi, o‘qildi fe’llarining o‘xshash
va farqli
tomonlariga e’tibor bering. Ularning hammasi bir xil o‘zakdan iborat. Shu
bilan birga, ularning hammasi bir xil zamon shakliga (
-di) ega.
Shunday
bo‘lishiga qaramay, ular bir-biridan ma’lum ma’nolariga ko‘ra farqlanadi.
Ikkinchi fe’lda fe’l o‘zagiga
-t qo‘shimchasi qo‘shilib,
bir shaxs boshqa
shaxsga o‘qish harakatini bajartirganini bildiradi.
Uchinchi fe’lda esa fe’l o‘zagiga
-sh qo‘shimchasi qo‘shilib, fe’l
o‘zagida ifodalangan o‘qish harakatining birgalikda bajarilganini, to‘rtinchi
fe’lda esa fe’l o‘zagiga
-l qo‘shimchasi qo‘shilib o‘zakdan
anglashilgan
o‘qish harakatining kim tomonidan bajarilgani noma’lumligini ifodalaydi.
Ko‘rinadiki, yuqoridagi fe’llarning hammasi harakat bilan shu harakatni
yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatni
qanday ifodalashiga
ko‘ra o‘zaro farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: