Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Savol va topshiriqlar
1. Kelishik qo‘shimchalari deganda nimani tushunasiz? 2. Kelishik qo‘shimchalari uyasi deganda nimani tushunasiz? 3. Qaysi kelishik o‘zaro almashinishi mumkin va bu almashinuv ma’noga qanday ta’sir etadi? 283-mashq. Ko‘chiring, belgili va belgisiz qaratqich shaklli so‘zlarni aniqlang. Ularning ma’no va uslubiy vazifasini bayon qiling. 1. «Boburnoma» personajlar tavsifi, ularning shakl-shamoyilini ta’riflashdan boshlanadi. 2. Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini. 3. Dangasaning vaji ko‘p. 4. Bu gaplarning barisini Hafiza xomush va oqilona tinglab, Umidning hamma fikrlariga qo‘shilishini bosh qimirlatib bildirardi. (Mirmuhsin) 5. Bolalarimiz urush davrining azob-uqubatlarini, o‘kinch-alamlarini ko‘rmaganligi bizning baxtimizdir. 6. Prezidentimiz: «Har qanday inson uchun eng katta boylik bu uning o‘z tilidir. Navoiy ijodi o‘zbeklar uchun katta boylik», degan edi. Darhaqiqat, Navoiyni tushunish uchun millat tilining barcha shevalaridan xabardor bo‘lmoq lozim. (Gazetadan) 7. Boyagi yigitning, Avazning, qo‘li gul ekan. (P. Qodirov) 8. Hayotim lazzati, qalbim qo‘risan, Vatanim! 9. Noming qalbim so‘rog‘indadur, jamoling ko‘z qarog‘imdadur. (O‘. Jamol) 10. Bir lahza jimlikdan keyin allaqayerdan qo‘ylarning, sigirlarning ma’rashi, ho‘kizlarning o‘kirishi eshitildi. 11. Saidiy o‘zining ish bo‘lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‘tirdi-da, stol ustidagi kitobni oldi. (A. Qahhor) 284-mashq. O‘qing. Тushum kelishigidagi so‘zlarni aniqlang. Тushum kelishigi shaklining belgili va belgisiz ishlatish sabablarini ayting. Тushum va chiqish kelishigi shakllarining sinonimiyasidagi uslubiy bo‘yoqni tushuntiring. 1. Onam har gal xokandozni bo‘shatganida qop-qora chang ko‘tariladi. 2. Ukamni siltab ko‘rpachaga o‘tqazdi-yu, ikki kafti bilan yuzini to‘sgancha o‘kirib yubordi. 3. Uning bunaqangi bor ovoz bilan kulganini hech qachon eshitgan emasdim. 4. Тolda chumchuq ko‘rdim. Sherzod har safar hind kuylarini eshitganda rohat qilardi. 5. U g‘ashi kelib yuz o‘girdi-da, deraza oldiga borib, o‘y surdi. 6. U erkin muhabbat degan gapni noto‘g‘ri tushunayotgan, sevgidek tabarruk hisni oyoq osti qilayotgan odamlar to‘g‘risida yozishni ko‘pdan buyon izlar edi. (O‘. Hoshimov) 7. Agar men ul allomayi davronni o‘z gulshanimda ko‘rmoq istaganimda, yetti qavat yerning ostidan bo‘lsa ham toptirib keltirar edim. 8. Abdulvafo Sariq bu og‘ir o‘ylardan charchab boshini yostiqqa qo‘ydi, qo‘ygan zahoti pinakka ketgan ekan, bir mahal allaqanday shov-shuv eshitib, ko‘zini ochdi. (O. Yoqubov) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling