Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
282-mashq. Matnni o‘qing, olmoshlarni topib, ularga tavsif bering. 
Boshimga bir savdo tushdi-yu rahmatli otamning o‘z tilovatlarida: 
«Nohaq tuhmat, bemahal o‘limdan o‘zing asragin», deya qiladigan iltijolari 
qulog‘im ostida jaranglab ketdi. Hamisha shunday: «Salomatlik qadriga 
yetmas — bemor bo‘lmaguncha» deganlaridek, xom sut emgan notavon 
bandalar boshimizga biror kulfat tushmaguncha yoki peshanamiz biror 
yerga «taq» etib urilmaguncha, so‘zning ham, nasihat va duoning ham 
qadriga yetmaymiz. Deyarli har kuni ro‘baro‘ bo‘ladigan oshnolarimiz pand 
berib, boshimiz malomatlarga qolganidan keyingina beg‘ubor o‘tgan 
kunlarimiz, beig‘vo kechgan onlarimiz ko‘zimizga to‘tiyo bo‘lib ko‘rina 
boshlaydi. Faqat shundan keyingina tilimizdagi «tuhmat», «bo‘hton» degan 
so‘zlarning ma’nolarini ularning paydo bo‘lish sabablarini qidirib qolamiz, 
faqat shundan keyingina kitob tokchamizda jimgina turadigan «Тafakkur 
gulshani»ning shu kungacha bilmagan sahifalarini ochamiz va ilgari 
e’tiborni tortmagan hikmatlar dardimizga malhamdek yoqa boshlaydi: 


«Kaltafahmlar faqat odamlarning kamchiligini ko‘radilar-u, fazilatlariga 
e’tibor bermaydilar. Ular badanning nuqul gazak olgan a’zosiga qo‘nmoqchi 
bo‘layotgan pashshaga o‘xshaydilar. Bo‘hton ham yaxshi odamlarga 
yopishadi». 
Ha, ming afsuski, tuhmat balosi ham yaxshilarning, biror sohada omadi 
chopib, ishi yurishib qolganlarning gardaniga yopishadi. Yana mevali 
daraxtga tosh otiladi! Bunga misol izlab ovora bo‘lmasligimiz uchun Fitrat, 
Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosirlar taqdirini bir bor eslab 
qo‘yishning o‘zi kifoya. Xalqimizning bu asl farzandlari eng, birinchi 
navbatda, g‘arazgo‘y, toshbag‘ir, qora yurak hamkasblarining qurboni 
bo‘ldilar. O‘zbek adabiyotining yorqin yulduzlari bo‘lgan bunday 
jahonshumul iste’dodlar hasadgo‘y va g‘alamis hamkasblarining bo‘htoni 
tufayli bu yorug‘ olamni bag‘ri xun bo‘lib o‘tkazishga, otashin so‘zlarini 
bo‘g‘izlarida olib ketishga majbur bo‘ldilar. Xo‘sh, tuhmat shu qadar 
jirkanch illat ekan, unga qarshi qanday chora qo‘llagan ma’qul? Bizningcha, 
choralarning eng birinchi va eng osoni — tuhmatchining so‘zini 
tinglamaslikdir. Zero, shariat hukmiga binoan g‘iybatning sherigidir. U 
g‘iybatchini inkor qilib, gapini bo‘lishi, mavzuni boshqa yoqqa burish 
bilangina bu gunohdan qutulib qoladi. 
Uyga topshiriq. «Sen ham, siz ham bir og‘izdan chiqadi...» 
mavzusida matn tuzing, unda ishlatilgan olmoshlarga diqqat qiling va 
ularni izohlang. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling