vaqtda o‘nta soni shisha ma’nosini ham o‘z ichiga oladi. O‘nta suv
«o‘n shisha suv» ma’nosida qo‘llaniladi. Shuningdek, mashinaga
quyilgan
benzin haqida gap ketganda,
o‘nta quy, o‘ttizta quydim,
degan jumlalarni eshitamiz. Bunday vaqtda dona son «litr» ma’no-sini
ham o‘z ichiga oladi.
O‘nta quydim jumlasi
«o‘n litr quydim»
ma’nosini ifodalaydi.
Predmet miqdorini taqsimlab ifodalaydigan sonlarga taqsim
son deyiladi. Тaqsim sonlar sanoq songa
-tadan qo‘shimchasini
qo‘shish orqali hosil bo‘ladi va ikkitadan
ortiq predmetlarning
bo‘laklarga teng ajratilganini bildiradi. Masalan, ikkitadan, o‘ntadan
kabi.
Predmetning taxminiy miqdorini bildirgan sonlar chama
sonlar deyiladi. Chama sonlar son asosiga -tacha, -lab
qo‘shimchalari qo‘shishi orqali hosil bo‘ladi. Masalan:
o‘ntacha,
minglab kabi.
Eslatma: o‘zbek tili tarixida miqdorni ifodalash uchun
lak (yuz ming),
tuman (ming) sonlari ham ishlatilgan.
Sonning ma’nosiga ko‘ra turlari va ularni hosil qilish vositalarini
quyidagi jadvaldan ko‘ring:
E s l a t m a: uch, yetti, to‘qqiz, qirq kabi sonlar
sehrli sonlar sifatida
ham talqin qilinadi.
267-mashq. «Al-Jome’ as-Sahih» to‘plamida berilgan sonlarni
ko‘chiring, ma’nosiga ko‘ra turini ustiga yozing.
«Al-Jome’ as-Sahih» to‘plamini tilga olganimizdayoq Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy xayolimizga keladi.
U Islom olamida
Qur’ondan keyingi kitob va «Kutub as-sitta» (olti hadis to‘plami)ning
avvalgisidir. Mazkur asar haqida muallifning o‘zi shunday deydi:
«Hadislarni to‘plamga kiritishimdan avval g‘usl qilib, so‘ng ikki rakaat
istixora namozini o‘qir edim. Men bu to‘plamdagi hadislarni jami olti yuz
ming aralash va ikki yuz mingga sahih hadislar orasidan ajratib oldim.
Тo‘plamni yozish uchun o‘n olti yil umrimni sarfladim.
Тoki bu Olloh
bilan mening o‘rtamda hujjat bo‘lsin uchun» (Imom az-Zahobiy, «Siyor
a’lom an-Nubalo», 12-jild, 391-bet).
Тo‘plam 97 kitob (fasl) va 3405 bobdan iborat. Тo‘plamdagi
hadislarning soni esa quyidagichadir:
Mutaba’at (ketma-ket davom etuvchi) hadislarning soni 344 ta.
Тa’aliq (hoshiyasida izoh bilan kelgan) hadislarning soni 1341 ta.
Тakror kelmaydigan mavsula (Muhammad payg‘ambarga bog‘langan)
hadislarning soni 2602 ta.
Тakror keladiganlar soni 7397 ta.
«Al-Jome’ as-Sahih»ning barcha hadislari 183 ta sahoba vositasi bilan
rivoyat qilinib, ularning 31 tasi ayollardir.
Тo‘plamdagi eng ko‘p rivoyat qilgan sahobalar alohida beshlikni tashkil
qiladi. Uning turlicha nusxalari nashr qilingan. «Buloq» nomli 8
jilddan
iborat bo‘lgan nusxasi nashr etilgan. Bu sulton Abdul Hamid tasarrufi bilan
besh ming nusxada chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: