Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

258-mashq. Berilgan matnni o‘qing, sifat yasovchi qo‘shimchali 
so‘zlarni ajrating. O‘rniga uslub tomondan mos tushadigan sinonim so‘zlar 
qo‘yib ko‘chiring. 
QALB GO‘ZALLIGI — INSON ZIYNAТI 
Odamzod hamisha go‘zallikka intilib yashaydi. Afsuski, bunda tashqi 
ko‘rk-tarovat-u husn-malohatning hamisha qo‘li ustun. Ma’naviy 
pokdamonlik, qalb go‘zalligi ko‘pincha e’tibordan chetda qolib, o‘z 
bahosini topavermaydi. Vaqt o‘tishi bilan yuz-ko‘zdagi o‘t-o‘lov o‘rnini 
son-sanoqsiz ajinlar egallaydi, adl qomat esa kamondan to‘n kiyadi. 
Botiniy malohat esa aksincha. Xuddi sharshara ostidagi gavharmijoz 
yillar davomida sayqallashadi, yangi-yangi qirralari ochiladi, tobora 
tiniqlashib, ruhiy kamolat sari ko‘tariladi. 
Biroq, inson inson-da, o‘tkinchi dunyoga aldangani yetmaganiday 
ko‘zga tez tashlanuvchi «yulduz»larga umid bog‘laydi va tong yorishib
quyosh borliq uzra zarrin nurlarini sochgandagina qalbida son-sanoqsiz 
armonlar ila adashganini anglab yetadi. Kunning haqligini kunduzi barcha 
barobarligini tushunaveradi. Bor hikmat shundaki, uning qudratini tundayoq 
his etmoqqa qodir tafakkur kerak. 
Insoniyat yaralganidan buyon davom etib kelayotgan surunkali 
ofatlardan biri bu komil inson qadr-qimmatini vaqtida baholay olmaslik, 
qadriga yetmaslik, iliq nafasiga quloq tutmay, g‘animat damlarni g‘aflatda, 
razolat va jaholat iskanjasida o‘tkazmoqlikdir. Biroq, bu ham xatoning oxiri 
emas. Hamma balo poklikni inkor etish bilan nopoklar yo‘liga poyandoz 
to‘shalishidadir. Goho hayratdan yoqa ushlaysan: nahotki, ezgulikning 
peshanasi bu qadar sho‘r bo‘lsa, oqillikning puch yong‘oqchalik qadri 
sezilmasa, yaxshilar jazo topsa, yomonlar sarbaland yursa? 


Yo‘q, bunchalik emas. Axir, inson uchun dil farog‘atidan ortiq ne’mat 
bormi? Nega gunohlarimizdan pushaymon bo‘lish, istig‘for aytish, tavba-
tazarru qilish, oxiratni o‘ylash o‘rniga oxirgi nafasga qadar moddiy boylik, 
mol-dunyo uchun o‘zimizni o‘tdan cho‘qqa uramiz, dil oynasini 
xiralashtiramiz. Holbuki, bu dunyoda chinakam qayg‘urishga arziydigan 
bitta yo‘qotish bor, u ham bo‘lsa, imondan ayrilmoqdir. 
(A. Abdullayev) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling