Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 250-mashq.
Savol va topshiriqlar
1. Sifat darajalari deganda nimani tushunasiz? 2. Sifatning qanday darajalarini bilasiz? 3. Uchta sifat topib, uni turli daraja shakllarida keltiring. Ma’no farqini tushuntiring. 249-mashq. Sifatlarni toping. Ularning uslubiy xossalarini aniqlang. ODAMNI BILISH Ko‘z ravshan bo‘lsa, qalbning oqligi, xush-xurramlik belgisidir. Ko‘z kichik bo‘lsa, ojizlik va g‘am-anduhga botganlik belgisidir. Ko‘z yirik bo‘lsa, ablah va nodonlikdan dalolatdir. Ko‘z harakatsiz, xira bo‘lsa ham ablahlikning dalilidir. Ko‘z kichik va xira bo‘lsa, ochko‘z va molparast bo‘ladi. Ko‘z tim qora bo‘lsa, badgumon va qo‘rqoqlikdan belgidir. Ko‘z moviy bo‘lsa, besharm, bevafo, e’tiqodi va imon sustligi dalilidir. Ko‘z yoshlanmaydigan (va benur) bo‘lsa, unday kishi odamlar qonini to‘kishga shay bo‘ladi. Agar ko‘k, qora yo shahlo ko‘zda qora nuqtalar va feruzarang qo‘shilgan bo‘lsa, u kishining ichi qora, o‘zi shahvatga o‘chdir. Kimning ko‘zi g‘oyat yaxshi ko‘rsa, uning achchig‘i tez chiqadir. Kimki kulganda ko‘zida yosh yiltillasa, u yaxshi xulq-atvor egasidir. Kimki ko‘zini tez-tez yumib ochsa, u sodiq do‘st va yomon ishlardan xoli kishidir. 250-mashq. — roq orqali shakllangan sifatlarda boshqa vositalar, ya’ni — dan, qaraganda, ko‘ra, nisbatan kabilar ham ishtirok etishiga misollar yozing. 251-mashq. — iy, — viy sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida so‘zlar yasang va ularning o‘zagini toping. Namuna: ilmiy, ruhiy, ma’naviy, badiiy, Fuzuliy, lug‘aviy, hajviy, jismoniy, dunyoviy, nasriy, aqliy, kimyoviy, Nizomiy, axloqiy, samoviy, Nasimiy, lisoniy, fazoviy, mafkuraviy, ashyoviy... 252-mashq. Ranglar xarakteringizni belgilaydi. O‘rtoqlaringizning qaysi rangni yoqtirishiga qarab turib xarakterini aniqlang. QIZIL RANG — Harakatchan, irodali, o‘ziga ishonuvchan. Oilada qattiqqo‘l, talabchan. OLOVRANG — Ko‘ngli ochiq, ulfatchilikni yoqtiradigan, jozibador. SARIQ RANG — Bilimli, maqsad sari intiluvchan, hayotga muhabbat bilan qarovchi. HAVORANG — Aqlli, ehtiyotkor, ko‘nglidagi gapni ochiq aytavermaydigan, xushomaddan yiroq. OQ RANG — Xayolparast, yolg‘izlikni yoqtiradigan, qalbi pok. KULRANG — Og‘ir-bosiq, o‘y-fikr bilan ish ko‘radigan. QORA RANG — Faqat o‘zini o‘ylovchi, xudbin, boshqalarning yutuqlarini ko‘ra olmaydigan, ichi qora. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling