Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 259-mashq. Jon taslim qilayotgan shoirning berilgan gaplarini o‘qib 
oling, muallifini toping va undagi fikrlarni munozaraga aylantiring. Matnda 
sifatlarning ishlatilishiga alohida diqqat qiling. 
«Men sizlarni Vatansiz qildim. Vatanga yarog‘ ko‘tarib bormang. Agar 
shunday qilsangiz, men go‘rimda tik turaman». 
Yuqorida fikr aytgan shoir hatto o‘z o‘limidan so‘ng ham Vatani uzra 
farzandlarining yarog‘ ko‘tarib borishini istamagan. Ona- Vatanning 
muqaddasligini bir umr qalbida saqlagan va ana shu tuyg‘uni farzandlariga 
ham singdira olgan. 
260-mashq. Berilgan grammatik topishmoqlar orqali sifat so‘z turkumi 
bo‘yicha olgan bilimlaringizni sinab ko‘ring. 
1. Ozaytirma sifatlar
Hosil qiladi — gina, 
Kim topadi bu — gina
Qachon bo‘ladi — kina?
2. Shakli boshqa, ma’nosi 
Bir xil bo‘lgan qo‘shimcha 
Bundayin qo‘shimchalar
Sifat yasar ko‘pincha?
3. Quroq, qayroq, kattaroq,
Biroq, tezroq ham yaroq.
Sifat so‘zni kim topadi,
Uch-to‘rt misol keltirar.
4. Ko‘m-ko‘k, qizil, sap-sariq,
Dumaloq, oppoq, yashil,
Bular qanday sifatlar


Ma’nosin kim izohlar?
5. Shirin so‘z aytalsa, bemor bo‘lar sog‘,
O‘rinsiz so‘z bilan ko‘ngil bo‘lar dog‘,
Subhidam har qancha xushlol saylasa,
Xushovoz bulbuldek bo‘lolmaydi zog‘.
Matnda qaysi so‘zlar 
Тoping qanday sifatlar? 
6. -li, -siz qo‘shimchalar bor,
Ma’nodosh, tengdoshi bor?
7. Poyonsiz, cheksiz, tuzsiz,
Esiz, uyqusiz, borsiz
Olti so‘zda olti — siz,
Sifatlarni toping siz?
8. — Chan dan oldin turar ish, 
— Ki dan oltin turar qish.
— Chan, -ki, ish, qish birlashib
Qaysi so‘z hosil qilarmish?
9. Kes so‘zi oladi — gir,
Kes, chop, tom ham olar — gir.
— «gir olib, kes, chop, top»lar
Ayting, qanday yozilar?
10. Yoshlikda odating bo‘lsa harorat,
Hurmating o‘rnini oladi nafrat.
Xushfe’llik bolada yaxshi fazilat
Bunda bor otlarmi yoki sifat?
(R. Sirojiddinov)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling