Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Otning son shakli deganda nimani tushunasiz va qanday ifodalanadi? 
2. Ko‘plik shakli qanday vaqtlarda birlik ma’noni o‘zgartirmaydi va 
bunday holatda qanday vazifalarni bajaradi? 
3. Qarindoshlik bildiruvchi so‘zlarda ko‘plik va egalik shakllarining 
o‘rinlashishi qanday bo‘ladi? 
226-mashq. O‘qing, ot so‘z turkumining nutqimizda qay darajada 
ishtirok etishiga diqqat qiling. Ona tilimizni boyitish va sofligini saqlash 
uchun nimalar qilishimizni bilib oling. 
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi faqat o‘zbeklar uchungina 
emas, balki respublikamiz hududida yashayotgan barcha millat vakillari 
uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki bu qonun o‘zbek tilini Davlat tili 
sifatida e’tirof etish bilan birga, respublikamizda to‘p bo‘lib istiqomat 
qilayotgan boshqa xalqlar tillarini ham himoya qiladi. 


Savollarga javob bering 
1. Ona tilimizga davlat tili maqomini berishdan maqsad nima? 
2. «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun moddalaridan aytib bering. 
227-mashq. «Qonun va ijro» mavzusida uy inshosi yozing. (Bunda 
asosan 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan «Davlat tili to‘g‘risida»gi
Qonunning hayotga tatbiq etilishini yoriting). 
228-mashq. «Yaxshi so‘z — muxtasar» mavzusidagi matnni o‘qing. Ot 
so‘z turkumining matnda ishlatilishiga e’tibor bering.
YAXSHI SO‘Z — MUXТASAR 
Bir donishmanddan shogirdlari: 
— Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz? — deb so‘radilar.
Donishmand:
— Hech qayerda hech kimga birorta so‘z so‘zlamang, sukut eting, — 
deb javob berdi.
Shunda shogirdlari:
— Axir, doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo‘l 
ko‘rsating! — dedilar.
Donishmand shunday maslahat berdi:
— Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va ma’noli so‘zlang, 
og‘zingizdan sira ham nojo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon so‘z tinglovchining 
ko‘nglini xira qiladi, bundan saqlaning. 
Bayt:
Yaxshi so‘zdan ko‘rasan mehr-u vafo,
Nomunosib so‘zlasang, yetgay jafo. 
Ha, til bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham — boshga balo. Shuning uchun 
donishmandlar so‘zni doriga o‘xshatadilar. «Ortiqchasi zarar keltiradi», — 
deydilar. Bu fikrni ulug‘ bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o‘zining 
«Qutadg‘u bilig» nomli ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan: 
Тilingni avayla — omondir boshing, 
So‘zingni avayla — uzayar yoshing. 
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik, 


Ortiq so‘z qiladi va boshni egik. 
Bu fikrlar bundan o‘n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda 
yana qanchadan qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning 
SO‘Zga bo‘lgan munosabati hamon turliligicha qolmoqda. Buning boisini 
XX asr shoiri Тolib Yo‘ldosh shunday izohlaydi: 
Bir so‘z bilan har kishi
O‘zligini ko‘rsatar,
So‘z gavharin ko‘pincha
Dono olar, ko‘r sotar. 
Afsuski, o‘zlarining bo‘lar-bo‘lmas gaplari, mahmadonaliklari bilan 
kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhimi, ularning sog‘lig‘ini, 
qimmatli vaqtlarini o‘g‘irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan 
kishiga qalbini ochiq maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalarga 
ko‘cha-ko‘yda ham, oshxona va majlislarda ham, bazm-u jamshidlarda ham 
tez-tez duch kelib turamiz. 
Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay 
huradigan itga o‘xshatadi va davom etib yozadi: «Oz gapirmoq hikmatga 
sabab; oz yemoq — sog‘liqqa sabab. Og‘ziga kelganni demoq — nodonning 
ishi va oldiga kelganni yemoq — hayvonning ishi» 
Bayt:
«Ko‘p demak birla bo‘lmagil nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmagil hayvon». 
Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so‘zlarnigina aytishi, 
tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim. 
(S. Mo‘minov)

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling