Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
231-mashq. Ko‘chiring. Matndagi atoqli otlarni toping, ularning 
yozilishiga alohida e’tibor bering. 
AHMAD AL-FARG‘ONIY 


Ahmad al-Farg‘oniyning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad 
ibn Kasir al-Farg‘oniydir. 
U VIII asr oxirlarida Qubo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keladi. 
Quva shahri o‘sha davrning madaniy-ilmiy markazlaridan bo‘lgan. 20 
yoshgacha Quva shahrida yashab, shu yerda ta’lim oladi. 
Uning nomi o‘sha davrlardayoq keng tarqalib, Marv shahriga taklif 
etiladi. Ahmad al-Farg‘oniy nomi ko‘p o‘tmay shunchalik e’tibor qozondiki, 
30—35 yoshlarida uni «Тinchlik shahri» deb atalgan Bag‘dodga «Bilim 
uyi», ya’ni «Xizonat-al hikma» yoki «Bayt-ul hikmat»ga taklif etishadi. 
Uning ko‘pchilik asarlari Ma’mun huzurida yashagan davrida yaratildi. 
Uning mashhur «Kitob javome’ ilm an-nujum val-harakat as-samoviya» 
(«Astronomiya va sayyoralar harakati») kitobi ham o‘sha davrda yaratildi. 
Olimning asarlari XII asrdayoq Italiya, Fransiya hamda Germaniya 
universitetlarida o‘qitila boshlandi. Bu davrda uning mashhur asarlari lotin 
tiliga, Ya’qub Onado‘liy tomonidan ibroniy tiliga o‘girildi. 
Ahmad al-Farg‘oniy Ovrupada Alfraganus nomi bilan mashhur bo‘ldi. 
Uning qo‘lyozmalari dunyo bo‘yicha tarqalgandir. Amerikaning Prinston 
universiteti, Sankt-Peterburg, Qohira, Parij, Mexiko va Hindistonda olim 
qo‘lyozmalari mavjudligi ro‘yxatga olingan. 
Al-Farg‘oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini 
tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o‘zligimizni idrok 
etishimizda ibratli saboq bo‘ladi. 
(N. Ibrohimov) 
232-mashq. Ot yasovchi qo‘shimchalar bo‘yicha «Bu meniki» o‘yin-
topshirig‘ini bajaring. 
I guruh — qurol va narsa oti yasovchilar;
II guruh — belgi hamda mavhum ot yasovchilar;
III guruh — holat-harakat otini yasovchilar. 
Quyida so‘zlarning o‘rni aralashtirib berilgan. So‘zlardan siz o‘zingizga 
tegishli bo‘lgan qo‘shimchani ajratib oling. 
Muattarligi, bilim, surma, cholg‘u, ishonch, chiqindi, tepki, ushlagich
ravshanlik, o‘rash, tuyg‘u, mangu, sevinch, etik, borliq, tortma, oshnoligim, 
tuzum, og‘u, to‘kinlik, to‘kinchilik, tirgak, bo‘shlik, tortindi, bilim, boshim, 
tortiq, ezgulik, tilagim, siniq, buzuq, handaq, yotoq, intiq, taxmon, boylik, 
orzu, boylam, tutatqi, insoniylik, bolaligim, yelpig‘ich, boyligim. 
Yuqoridagi so‘zlarni nima uchun o‘z guruhingizga yozganingiz sababini 
tushuntiring? 



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling