Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

233-mashq. Otlarni topib, yasalishini tushuntiring.
DOR PAYROVI 
AYNIDDIN AKA: — E, kelinglar mullo Ubaydullo, Sotvoldixon, 
Jaloliddin. Bu DORning tagiga kim olib keldi sizlarni? Yoki «Osilsang 
baland DORga osil» deb yuribsizlarmi? 
UBAYDULLO: — Ha, hunar xumor qilarkan, Ayniddin aka. Bir paytlar 
hammamiz binoyidek DORVOZ edik. Qo‘yib bersa hali ham bo‘sh 
kelmaymiz. Faqat mana bu Jaloliddin amaldor bo‘lgandan beri arqondan 
qochadigan bo‘lib qoldi. 
SOТVOLDI: — Тo‘g‘ri aytdingiz. Buning ustiga xiyla dimog‘ DOR 
ham. Shunaqa bo‘lmaganda yaxshi tomoshalar ko‘rsatib, haligacha 
nishonDOR bo‘lardi. 
AYNIDDIN AKA: — Gapni juda to‘g‘ri aytdingiz. Ichimizda o‘ziga 
qarab yuradigan husnDOR ham Foziljon edida. 
FOZILJON: — Ayniddin aka, siz bizning guruhni tark etmasdan 
DORda «ha, ha» deb tursangiz o‘sha ham tuyaga maDORda. 
UBAYDULLO: — Sotvoddi aka, xalq ichida yurish-turishingizni 
ko‘rganlar baho berishyapti: «Bu juda taqvoDOR!» deb. 
SOTVOLDI: — Qo‘yinglar, mayli, Jaloliddin aka yuqoriga chiqmasa 
chiqmasin. Bilasizlar-ku bu juda jahlDOR. Yana birortasini ustiga langarni 
tushirib yuborib aybDOR bo‘lmasin. 
AYNIDDIN AKA: — Foziljon, boshqalar DORda o‘yin namoyish qilsa, 
bir chig‘iriqda o‘ynamaysizmi, sizda iqtiDOR bor-ku. 
FOZILJON: — Ayniddin aka, Jaloliddinni taklif qilsak, ikkita toshni 
qo‘lida, bittasini og‘zida tishlab bir o‘yin ko‘rsatsin-a, ishimiz juda 
samaraDOR bo‘lardi-da. 
JALOLIDDIN: — Foziljonning inisi: «DORvozlarni ko‘rasizlar, 
qaranglar», deb, qo‘shnisining o‘g‘illari ELDOR bilan SARDORni olib 
chiqibdi. 
SOTVOLDI: — Jaloliddin ham bir narsani bilmasa ish qilmaydi. 
Qo‘shnisining bolasini olib chiqib o‘ynatsa ham odamlar aytadi-da, «Bu 
vafoDOR» deb.
234-mashq. Quyidagi mashqdan morfologik usul bilan yasalgan otlarni 
toping va ularni izohlab bering.


Aytishlaricha, bir badavlat kishinig yakka-yu yagona o‘g‘li bo‘lib, u 
nihoyatda isrofchi va behuda sarflovchi edi. 
Ota o‘z o‘g‘lining noqobil ekanini bilgani uchun oldindan chora ko‘rib, 
o‘lar paytida unga nasihat qilib debdi: 
— Ey, o‘g‘lim, men o‘lganimdan keyin boyliklarimning bari senga 
qoladi. Ishonchim komilki, sen ularning barini behuda sarflab bitirasan. 
Qo‘lingda hech narsa qolmay, ochlik va nochorlik bilan oxiri o‘limingga 
rozi bo‘lasan. Men narigi uyning burchagidagi tomning shiрiga bir arqon 
bog‘lab qo‘yibman. Jondan to‘ygan paytingda o‘zingni o‘sha arqonga osgin! 
Ota shu gaplarni aytib jon berdi. Noqobil o‘g‘il ko‘p o‘tmay, barcha 
pullarni sarflab tamomladi. Oxiri gadoylik qilishdan or qilib o‘zini osib 
o‘ldirishga qaror qildi. Otasi tayinlab ketgan uyga kirib, arqonning uchini 
bo‘yniga solib, o‘zini osdi. Тom to‘sini uni ko‘tarolmay sinib ketdi. Shu 
onda tuproq aralash otasi ataylab o‘g‘li uchun bekitib ketgan boyliklar yerga 
tushdi. Mehnat bilan topiladigan boylik qadrini tushinib yetgan o‘gil endi 
pulni o‘ylab ishlatadigan, xayrli yo‘llarga sarflaydigan bo‘ldi. Otasi xotirasi 
uchun xalqni xushnud qilishga va saxovat nuridan bahramand qilishga 
kirishdi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling