Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
partiyaning E.Makron boshchiligida g’alaba qozonishi e’tiborga loyiq
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
partiyaning E.Makron boshchiligida g’alaba qozonishi e’tiborga loyiq. Binobarin, siyosiy partiyalarning roli saylov kampaniyalari vaqtida kuchayadi. Bunga sabab tashkilotlar a’zolarining faolligi oshishi barobarida ularni qo’llab-quvvatlovchi kuchlar va tuzilmalar, ayniqsa, moliyaviy-iqtisodiy tuzilmalarning faolligi keskin oshib ketadi. Chunki saylovning demokratik tizimiga ega davlatning siyosiy va iqtisodiy kursi ko’p jihatdan u yoki bu partiyaning g’alabasiga bog’liq. Xulosa o’rnida aytmoqchimizki, davlat bilan jamiyatning o’zaro munosabatlarini tahlil qilayotganda sotsiologiya ushbu masalalarga umumiy nazariyalar bilan yondashib qolmasdan, alohida soha – siyosiy sotsiologiya nuqtai nazaridan ham o’rganadi. Aynan ushbu fan jamiyatning siyosiy institutlarga (hokimiyat, davlat, partiyalar va h.k.) ta’siri va ularning sotsiumdagi o’rnini belgilash masalalarini tahlil qiladi. Bundan tashqari, siyosiy sotsiologiya doirasida ijtimoiy birliklar va tashkilotlarning Shaxs bilan aloqa qilishidagi siyosiy hulq- atvori o’rganilmoqda. Sotsiologiya metodikasi nuqtai nazaridan saylovchilar hulq- atvorining empirik variantlari va unga ta’sir o’tkazish imkoniyatlari ham tadqiq etilmoqda. Sotsiologlarning aniqlashicha, siyosiy hulq-atvor va siyosiy rollar hulq- atvorning boshqa ko’rinishlari va tegishli rollari bilan mos tu Shmaydi. Siyosiy hulq-atvorning mohiyati odamlarning siyosiy madaniyati va siyosiy tizimga integratsiyalashuvi darajasi bilan belgilanadi. Siyosiy madaniyat jamiyat siyosiy hayotini belgilovchi g’oyalar, me’yorlar, qadriyatlar, ideallar, urf-odatlar va an’analarning o’zaro aloqasi, ijtimoiy guruhlar va ular a’zolarining siyosiy faoliyati, hulq-atvori tarzida zuhur bo’ladi. Ushbu madaniyatning ikkita asosiy tarkibiy qismi mavjud: qadriyat va me’yorlar. Qadriyatlarga odamlarning siyosiy jarayonlarda qatnashishini ko’rsatuvchi g’oyalar, qarashlar, kontseptsiyalar, qadriyatlar kiradi. Me’yorlar esa hulq-atvorni tartibga soluvchi siyosiy va huquqiy me’yorlar, siyosiy o’yin qoidalaridan iborat. Sotsiolog N.Smelzerning fikricha, siyosiy tizimga integratsiyalashuv ijtimoiy muhitga xos bo’lgan g’oyalar, hayotiy pozitsiyalar va hulq-atvor namunalarining tadrijiy jarayoni xosdir 19 . Siyosiy tizimga integratsiyalashuv jarayoni bolalikdan boshlanadi, lekin u bilan birga tugab qolmaydi, aksincha, insonga butun umr hamrohlik qiladi. Zamonaviy siyosiy sotsiologiya o’z tadqiqotlarida turli metodologik yondashuvlardan va o’zining tushunchalar tizimidan foydalanadi. Siyosiy sotsiologiyaning ixtisoslashgan yo’nalish sifatida o’tkazayotgan tadqiqotlari Chegarasi har doim ham aniq belgilab olinmaydi. Sotsiologlar siyosiy sotsiologiya u yoki bu darajada siyosiy institutlar faoliyati bilan bog’liq ekanini ta’kidlagan holda, asosiy e’tiborni aholi hokimiyatni, uning turli shakllari va rivojlanishini qanday qabul qilayotganiga qaratadi. Zamonaviy siyosiy sotsiologiya ilgarigi davlat bilan jamiyatni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish hollarini engib o’tishga intilmoqda: davlatga siyosiy institutlardan biri sifatida qaralmoqda, ularning ichidagi va boshqa institutlar bilan o’zaro munosabatlar hamisha u yoki bu darajada siyosiy ahamiyatga molik. Siyosiy sotsiologiyaning rivojlanishi siyosiy jarayonlarni o’rganishga turlicha yondashuvlardan foydalanishi bilan ajralib turadi: institutsional (J.Brays, A.Bentli), bixevorial (hulq-atvor nuqtai nazaridan) (CH.Merriam, D.Valdo, K.Boulding), post-bihevorial (R.CH.Mills, s.Dodd), modellashtirish (D.Iston, K.Doych, G. Almond), qadriyatlar nuqtai nazaridan (G.Lassuell, L.Hoffman, F.Bro). AQSHdagi tadqiqotlar yorqin ifodalangan empirik xarakterga ega bo’lib, siyosiy hokimiyat va ziddiyatlarning turli jihatlariga taalluqli bo’lsa, ular Germaniyada davlat Shunoslik va siyosiy falsafa bilan, Buyuk Britaniyada esa siyosiy tarix va siyosiy iqtisod bilan bog’liq 20 . Siyosiy sotsiologiya siyosatning ijtimoiy jihatlari, siyosiy ustuvorliklarni tanlash, siyosiy jarayonlar, ularning harakatlanish mexanizmlari va siyosiy madaniyatni o’rganadi. Odamlarning o’zaro munosabatlari, turli ijtimoiy guruhlarning u yoki bu siyosiy qarorlar va harakatlarga munosabati, boshqacha aytganda, siyosiy jamoatchilik fikrni aniqlash uning vazifasiga kiradi. Siyosiy sotsiologiya faqat sotsiologik va siyosiy yondashuvlar bir-biriga qo’shilganda va o’zaro kesishganda mavjud bo’ladi. Siyosiy sotsiologiya har bir 19 Smelzer N.Dj. Sotsiologiya. - M.: 2015. – 545 s. 20 Аlisovа L.N. Golenkovа T. Politicheskаya sotsiologiya: Uchebnik. - M.: Institut sotsiаlno-politicheskix issledovаniy RАN, 2000. tarkibiy qism haqidagi ma’lumotlarni o’zgaruvchan qiymat tarzida o’z ichiga oluvchi keng miqyosli modellarni izlash bilan Shug’ullanuvchi fanlararo fan hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling