Soxibaxon ped texnologiya doc
Erkin tarbiya texnologiyasi
Download 1 Mb.
|
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik mini keyslar 5 namunalari 1-vaziyat.
Erkin tarbiya texnologiyasi
Erkin tarbiya texnologiyasida asosiy urg’u bolaning o’z hayotiy faoliyati davomida mustaqil fikr yuritishi va tanlash erkinligiga qaratiladi. Tanlash xuquqiga ega bo’lgan o’quvchi sub’ekt vazifasini bajarishga tashqaridan bo’lgan ta’sir ostida emas, balki o’zining ichki kechinmalaridan kelib chiqqan holda intilib a’lo darajada bajaradi. An’anaviy ta’lim tizimidagi har qanday pedagogik texnalogiyaning asosida tushuntirish yotadi, lekin shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi asosida esa tushunish va o’zaro bir birini tushunish yotadi. Bu tushunchaga V.S.Bibler shunday izoh bergan; tushuntirishda bitta ong,bitta sub’ekt ishtirok etib monologni hosil qiladi. Tushunishda ikkita ong, ikkita sub’ekt ishtirok etib o’zaro (bir birini) tushunish, dialogni hosil qiladi. Tushuntirish doim “yuqoridan past”ga bo’lgan qarash, ya’ni “so’zini o’tkazish”ni anglatadi. Tushunish esa bu muloqot, hamkorlik, o’zaro (bir- birini) tushunish demakdir. Pedagogik mini keyslar5 namunalari 1-vaziyat. Feruza ismli qiz bola 6 yoshda. U 3 yoshidan xoreografik to’garakka, 5 yoshidan esa vokal va teatr studiyasiga qatnaydi. Tez-tez sahnada chiqish qiladi, turli tanlovlarda qatnashadi. Navbatdagi chiqish oldidan o’yin vaqtida Feruza o’zining tengqurlariga: “Men sizlardan yaxshiroq bilaman, men sahnaga ko’p marotaba chiqqanman, sizlar esa, chiqmagansizlar. SHuning uchun, men tulki rolini o’ynayman” deb, rahbarlik qilishga harakat qilmoqda. Tengqur qizlar unga bo’ysunishdan bosh tortishga harakat qilmoqdalar va tarbiyachi oldiga yordam so’rab bormoqdalar. Keysga savol- vazifa: Sizning harakatlaringiz qanday bo’ladi? Yechim variantlari: 1-variant. Feruzaga o’zining dugonalariga o’zlarini namoyon qilishlariga yordam berish uchun ushbu o’yinda rejissyor rolini taklif etish. Ularning chiqishlari ham maqtovga loyiqligini ko’rsatish. 2-variant. Feruza bilan badiiy asar qahramonlari xulqlarining salbiy tomonlari (maqtanish, do’stlarining xafaligi va hokazo)ni tahlil qilishga yo’naltirilgan suhbat o’tkazish, boshqa qizlar uning dugonalari ekanligini, ularda ham shu rolni o’ynashga xohishlari borligini tushuntirish. Tulki rolida navbat bilan o’ynashni taklif etish. 3-variant. Bolalarga tortishmaslikni taklif etish, balki rolni taqsimlashni qur’a tashlash yo’li bilan amalga oshirish. SHunda to’g’ri bo’lar. 4-variant. Tulki - bosh rolb uchun tanlov tashkil qilish, mustaqil hakamlarni (ushbu o’yinda qatnashmaydigan o’g’il bolalardan) tanlash. 5-variant. Ushbu muammoni hal etish uchun bolalarga murojaat qilish. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling