Soxibaxon ped texnologiya doc


Download 1 Mb.
bet108/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

4-vaziyat. O’rta guruh bolalari kechqurun aylanishga to’planadilar. SHohruh va Maftunalarning kiyim-kechak javonchalari yonma-yon joylashgan. Bu ikki bola urishadilar, bir-birlariga xalaqit qiladilar. Vaziyatni yengillashtirish maqsadida tarbiyachi, bolalarga qulay bo’lishini ko’zlab stulchalarni uzoqlashtiradi, lekin bolalar tortishuvni davom ettiradilar.
Keysga savol- vazifa:
Nima qilish kerak?
1-variant. SHohruhga haqiqiy janob sifatida qizchaga joyni berishni taklif etish. Unga haqiqiy erkaklar o’zlarini xuddi shunday tutadilar, deb aytish.
2-variant. Maftunaga urishmaslikni, o’zining narsalarini olib boshqa joyga o’tishni taklif etish.
3-variant. Agar bolalar javonchalar uchun doimo urishayotgan bo’lsalar, u
javonchalarining joyini “almashtirib qo’yish”ga harakat qilib ko’rish.
5-vaziyat. Bog’cha bolalari ota-onalarini bolalar maydonchasida kutib oladilar. Ota-onalar kelgunlariga qadar bolalar “Quvlash-machoq” o’ynaydilar. SHohruh va Muxlisa yugurish mobaynida to’qnashib ketadilar va bir-birlariga tashlanishadilar. Muxlisa yig’lab tarbiyachi oldiga keladi va SHohruh itarib yuborganini aytadi.
Keysga savol- vazifa:
Bu vaziyatda qanday yo’l tutish kerak?
1-variant. Bolalarga avvaldan o’yin qoidalarini, shuningdek, o’yin mobaynida rioya etiladigan xavfsizlik qoidalarini tushuntirish lozim. Yugurayotgan bolalar oldilariga qarab yugurishlari va boshqa bolalar bilan to’qnashib ketmasliklari uchun ulardan o’zlarini olib qochishlarini aytish kerak.
2-variant. Agar to’qnashuv sodir bo’lgan bo’lsa, aybni boshqaga to’nkash kerak emas. Ikkalangiz aybdorsiz, chunki oldingizga qaramagansiz, deb o’yinni to’xtatish va bolalarni tinchlantirish lozim.
3-variant. Bu holat qanday sodir bo’lganligini aniqlash uchun o’ynayotgan boshqa bolalarga murojaat qilish zarur. Bolalarni tinchlantirish va yupatish, so’ngra yugurish mobaynida rioya etila-digan o’yin xavfsizligini eslatish kerak.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling