Soxibaxon ped texnologiya doc


Download 1 Mb.
bet109/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

6-vaziyat. Muxlisa (6 yosh) bolalar bog’chasining maktabga tayyorlash guruhiga qatnaydi. U o’qishni, yozishni biladi, o’yin tushishni, ashula aytishni, ifoda-li o’qishni yaxshi ko’radi. Onasi undan, Muxlisa esa o’zidan faxrlanadi.
Kunlardan bir kuni, Muxlisa onasi bilan uyga keta turib, onasiga: “Ertaga bog’chaga bormayman! Men javob bera olmasligim uchun, tarbiyachi opam, nuqul menga boshqa bolalarga qaraganda murakkab vazifalar beradi”, -dedi.
Keysga savol- vazifa:
Ona Muxlisaning gaplaridan qanday ta’sirlanishi zarur?
1-variant. Muxlisaga ta’sir qilgan bolalar bog’chasidagi mumkin bo’lgan sabablarni o’ylab ko’rish.
2-variant. Qizining fikriga qo’shilish: «To’g’ri, sen eng aqlli qizimsan-ku. Agar javobni bilmasang, kel, ikkalamiz birgalikda aniqlaymiz (mumkin bo’lgan axborot manbalari)», deb aytish.
3-variant. E’tiborni qaratish! Balki Muxlisani haddan tashqari maqtash unda dastlabki vaqtlardagi muvaffaqiyat-sizliklarga ishonchsizlik uyg’otgandir.
7-vaziyat. Alisherning xotirasi juda yaxshi. SHuning uchun, u axborotlarni, matnlarni, qo’shiqlarni osongina yod oladi. Bayramlarni o’tkazish vaqtida Alisher o’zining rolini o’ynash bilan birga, boshqa bolalarning roliga suflyorlik qiladi, bu bilan boshqa bolalarning o’zlarini namoyon qilishlariga xalaqit beradi, bayramning borish qoidasiga xilof ish qiladi.
Keysga savol- vazifa:
Bu vaziyatda qanday yo’l tutish kerak?
Yechim variantlari:
1-variant. Alisherga alohida - suflyor rolini berish. “Sening vazifang: chiqishlar qilinayotgan vaqtda bolalar aytadigan so’z-larini yodlaridan chiqarib qo’ymasliklarini kuzatib borishdan iborat. Agar bolalarning aytadigan so’zlari yodidan ko’tarilgan bo’lsa, sen sekingina aytib berasan».
2-variant. Bayramga qadar Alisher bilan “Haqiqiy artist o’zini qanday tutishi kerak”ligi haqida suhbatlashish lozim.
3-variant. Alisherni boshqa faoliyat turlari (to’garak ishi)ga qiziqtirish kerak.
4-variant. Ota-onalar bilan ishlash kerak. Ota-onalarni Alisher xulqiga nisbatan qanday munosabatda bo’lishlarini aniqlash lozim. Agar ota-onalar muammoni tushunsalar, u holda, ularga Alisher bilan erkni shakllantirish sohasida ruhshunosning amaliy mashg’ulotlariga borib ko’rishni taklif etish. “Bog’cha yoshidagi bolalarda o’zini tutishni shakllantirish”, “Tez va katta hajmda yodga olish qobiliyatini qo’llash sohalari (masalan, shaxmat, shashka va hokazo)ga jalb etish” kabi tavsiyalar berish lozim.
Agar ota-onalar muammoni tushunmasalar, u holda shunga o’xshash o’zini-o’zi baholashni shakllantirish masalalari bo’yicha ishlar olib borishga harakat qilish zarur.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling