Soxibaxon ped texnologiya doc
Download 1 Mb.
|
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-vaziyat
8-vaziyat7. Ota-onalar ko’pincha bola-larning mujmal nutqlariga haddan tashqari yuqori baho berib, ularni vunderkind, deb aytadilar.
Abdulazizga onasi: “Uzoqqa qochib ketma!” desa, Abdulaziz: “Xavotir olmang, oyi, men qochib ketaman va qaytib kelaman!” deb javob beradi. Keysga savol- vazifa: Bunday hodisa nima bilan bog’liq? Yechim. Bunga o’xshash hodisa nutqning grammatik tuzilish nuqtai nazardan takomillashmaganligi bilan bog’liq. Abdulaziz qandaydir yangi so’zga o’zi egallagan shaklni berishi mumkin. Bola tomonidan tushungan holda egallangan bu shakl elementlari bolalarning so’z ijodkorligini keltirib chiqaradi. 9-vaziyat. Ota-onalar bolalari bilan muloqot paytida ko’pincha ularni boshqa bolalar bilan taqqoslaydilar. Shirinning onasi, o’z qizining xulqidan xursand, ko’pincha u: “Sen borgan sari aqlli bo’layapsan. Sen hammadan ham yaxshisan”, “Sen eng chiroylisan”, -deydi. Dilnozaning onasi esa qiziga “Hamma bolalar ham bola, faqat sen mening tentagimsan”, “Qaragin, Dilfuza qanday aqlli qiz. U hamma ishni eplaydi, senda esa, hech nima chiqmaydi”, kabi jumlalarni ishlatadi. Keys bo’yicha savol va- vazifalar: Ikkala ona ham o'z bolalariga yaxshilik istaydilar, lekin ularning qaysinisi tarbiyadayaxshiroq natijaga ega bo ’lad?? Bolalarning xulqini “loyihalash” yo’nalishi onalarning shaxsiy xususiyatlariga bog’liqmi? Yechim. Ikkala ona ham o’zlarining qizlarini boshqa bolalar bilan taqqoslaydilar, lekin birinchi ona ijobiy taqqoslashlardan, ikkinchi ona esa salbiy taqqoslashlardan foydalanadi. SHu bilan birga, SHirin va Dilnozalarning xulqlarini “loyihalash” turlichadir. Agar ona, o’ziga ishongan inson bo’lsa, u holda, odatda, u o’zining bolasini maqtaydi va uni boshqa bolalardan ijobiy tarzda ajratadi. Bu bolaning ijtimoiy mavqei o’sishiga va o’zining tengqurlari bilan o’zaro munosabatidagi tizimda yaxshi o’rin egallashiga imkon beradi. Agar ona, o’ziga ishonmagan inson bo’lsa, o’zini boshqa insonlarga nisbatan nima bilandir yomonroq sezsa, u holda o’zining ishonchsizligini uzatgan holda, bolasiga nisbatan ham shunday munosabatda bo’ladi. Bunday onaning bolasi past ijtimoiy mavqega ega bo’ladi. Umuman, bolalarning xulqini kecha, avval bo’lgan o’zining shaxsiy xulqi bilan taqqoslash maqsadga muvofiq. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling