Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
10-kazus
Fozilov Ismoilovdan 10 mln so’m miqdorida qarz berib turishini iltimos qiladi. Ismoilov esa 8 mln so’mdan yuqori bitimlar yozma shaklda tuzilishi kerakligini, Fozilov esa jismoniy kamchiligi borligi uchun bitimni imzolay olmasligini aytganida, Fozilov uning o’rniga turmush o’rtog’i Fozilova bitimga imzo qo’yishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bitim tuzilganidan so’ng qarzni qaytarish muddati kelganida Fozilov Ismoilovga bitimni u tuzmaganligini, turmush o’rtog’i bilan ajrashib ketganligini, qarzni undan olishi mumkinligini ma’lum qiladi. Bundan xabar topgan Fozilova esa qarzni u emas, balki Fozilov olganligini, agar Ismoilov sudga murojaat qilsa, guvoh sifatida ko’rsatma berishligini ma’lum qiladi. Fozilov esa bitim tuzishning oddiy yozma shakliga rioya etmaslik taraflarni guvohlar ko’rsatuvidan foydalanish huquqidan mahrum etishini, ya’ni bu holatda Fozilovaning ko’rsatuvlari sud tomonidan inobatga olinmasligini ma’lum qiladi. 11-kazus Abbosov o’ziga tegishli “Gentra” rusumli avtotransport vositasini 90 mln so’m evaziga sotish haqida Asrorov bilan bitim tuzadi. Bitim shartlariga muvofiq Asrorov 90 mln so’mni to’laganiga qaramasdan oradan 10 kun muddat o’tib Abbosov avtotransport vositasini topshirishni rad etadi hamda asos sifatida avtotransport vositasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq bitimlar notarial tasdiqlanishi lozimligi, bu talabga rioya etmaslik bitimning haqiqiy emas deb hisoblashga asos bo’lishini, mashinani bermasligini, 90 mln so’mni qaytarishini ma’lum qiladi. Qolaversa, keyinchalik aniq bo’ladiki, Abbosovga qarashli avtomobilni sotib olish uchun boshqa shaxs tomonidan 110 mln so’m taklif etilgan. 12-kazus Doniyor “Korzinka” MCHJga qarashli do’konga kelib oziq-ovqat mahsulotlari sotib oladi. Hisob-kitob qilish uchun kassa yoniga kelganida do’kon sotuvchisiga “Korzinka” MCHJ yuridik shaxs hisoblanganligi bois oldi-sotdi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerakligini ma’lum qiladi. Do’kon sotuvchisi esa ushbu qoida faqat qonunda mavjudligini, amalda ishlamasligini, do’kon bilan og’zaki bitim tuzish mumkinligini ta’kidlaydi. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling