Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
21-kazus
Tolibov o`zining ukasi voyaga yetgan Olimovga tegishli “Neksia” rusumli avtomashinani Maxmudovga sotish uchun Yunusobod tumani 1-son notarial idoraga boradi. Avtomashinaning oldi-sotdisini rasmiylashtirmoqchi bo`lganda, notarius bunga Tolibovning huquqi yo`qligini, ukasining o`zi kerakligini bildiradi.Tolibov esa ukasining yoshligidan muntazam ravishda davolanib yurishini, oxirgi vaqtlarda uning sog`ligi jiddiy yomonlashib, hozirda buntunlay o`z harakatlarining ahamiyatini anglay olmasligini aytadi.Ota-onalari vafot etgandan so`ng, ukase sog`ligidagi muammolar sabab uylanmaganligini, u ukasining eng yaqin qarindoshiligini ma’lum qiladi.Ukasining sog’ligini tiklash ko`p mablag` talab qilayotganligi uchun ham avtomashinani sotmasa bo`lmasligini vaj qilib, nima qilib bo`lsa ham rasmiylashtirib berishni iltimos qiladi. Ushbu pullarni ukasining o`ziga sarflashini ham qo`shib qo`yadi.Bunga javoban notarius buning yo`li mavjudligini, ota-onasining o`limidan so`ng akasi qonuniy vakil bo`lishi mumkinligini aytib, xizmat haqqiga qo`shimcha qilib bersa, bitimni rasmiylashtirib berishligini aytadi va Tolibov bunga rozi bo`ladi.Oradan bir necha oy o`tgandan so`ng Tolibovlarning ammasi Salimova ushbu bitim ukasining roziligisiz sotilgani uchun ham haqiqiy emas deb topilishi kerakligini aytib sudga manfaatdor shaxs sifatida murojaat qilganda, jiyani ammaning bunga hech qanday haqqi yoqligini, masalani aka-uka ikkalasi hal qilishini aytadi.Da’vo arizasidan ma’lum bo`lishicha Tolibov avtomashinaning pulini ukasiga sarf qilmay, o`ziga ishlatib yuborgan.Vaziyatga quyidagi masalalarni muhokama qilib huquqiy baho bering. 22-kazus 2014-yil 24-sentyabrda Agrosanoat birjasi Samarqand viloyat filiali tomonidan o‘tkazilgan birja savdosi natijalariga ko‘ra “Tong savdo” MCHJ tomonidan umumiy yer maydoni 225,5 kv.metr bo‘lgan savdo do‘koni “Saida dalasi” fermer xo‘jaligiga sotilgan va mazkur savdo do‘koni hamda unga tegishli yer maydoni 2018-yilda fermer xo‘jaligining mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Davron Musayev 2022-yil 18-iyul sanasida sudga da’vo arizasi bilan murojaat etib, “Tong savdo” MCHJga tegishli savdo do‘koni yonida joylashgan 9,5 kv.metr yer maydoni o‘ziga tegishli ekanligini bildirib, savdo do‘koni yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.“Tong” MCHJ savdo do‘konini fermer xo‘jaligiga sotish paytida nizoli yer maydoni unga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi ham fakt sifatida ma’lum.Da’vo arizasiga e’tiroz bildirib, “Saida dalasi” fermer xo‘jaligi da’vogar da’vo qilish muddatini o`tkazib yuborganligini, shu sababli ham da’vo qanoatlantirishsiz qoldirilishi kerakligini vaj qildi.Bunga e’tiroz bildirib, da’vogar da’vo muddati o`tganini bilmaganligini, birja savdosidan unga o`xshagan fuqarolar har doim ham xabardor bo`lavermasligini, qolaversa savdo do`koni sotib olingandan so`ng ham o`z faoliyatini odatdagidek davom ettirganligini bildirib, da’vo muddatini qo`llashga e’tiroz bildirdi.Vaziyatga quyidagi masalalarni muhokama qilib huquqiy baho bering. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling