Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
13-kazus
Asadov Mahkamov bilan 4 yil muddatga turar joy ijara shartnomasini tuzadi. Shartnoma shartlariga ko’ra, agar Mahkamov turar joyni sotadigan bo’lsa, Asadov bilan tuzilgan ijara shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutiladi. Oradan 1 yarim yil o’tganidan so’ng Mahkamov turar-joyni sotishga qaror qilib, Do’stmatov bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu haqda xabardor qilingan Asadov esa turar joy ijara shartnomasi 4 yil muddatga tuzilganligi, qolaversa, O’zR FKning 604-moddasiga asosan turar-joyni boshqa shaxsga o’tishi ijara shartnomasini bekor qilishga asos bo’lmasligini ma’lum qilib, turar joyni bo’shatishni rad etadi. Shuningdek bir necha bor sotib oluvchi Do’stmatovga tahdid qilib turar-joyni olish haqidagi fikridan qaytishiga majbur qiladi.Vaziyatdan kelib chiqib, shartli bitimlarni muhokama qiling. Shartli bitimlarga amaliy misollar keltiring. 14-kazus Marg‘ilonda turmush o‘rtog‘i Vasila va 14 yoshli o‘g‘li Vali bilan yashagan F.Popov to‘satdan aniq qayerdaligini aytmay chiqib ketdi. Vasila IIBga g‘oyib bo‘lgan turmush o‘rtog‘ini qidirishni so‘rab murojaat qilgan, ammo qidiruv natijasi bo‘lmagan. Bu borada o‘z sogligini yo‘qotgan Vasila vafot etadi.F.Popov ketgan kundan boshlab besh yil o‘tgach, uning o‘g‘li sudga otasini o‘lgan deb e’lon qilgan ariza bilan murojaat qildi. Sud arizachining da’vosini qanoatlantirdi va tegishli qaror qabul qildi, shundan so‘ng Vali ro‘yxatga olish idorasidan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani, keyin esa notarial idoradan - meros guvohnomasini oldi.Vali qo‘shnisi Axmadga bir vaqtning o‘zida otasiga xususiylashtirilgan kvartirani va ota-onasi otasiga sovg‘a qilgan mashinani sotdi. Bundan tashqari, Vali komissiya do‘koni orqali meros mulkiga kiruvchi televizor va musiqa markazini sotdi va do‘sti Maksimdan videopleyerni videomagnitafonga almashtirdi. Vali otasi ishlagan kompyuterni endigina universitetga kirgan qarindoshi Ominagaga berdi. Vali otasining kiyimlarini qarindoshlari va do‘stlariga tarqatdi. Oradan uch yil o‘tib F.Popov Marg‘ilonga qaytib kelib, mol-mulkini qaytarib berishni talab qiladi. O‘g‘li uni tashlab ketgan otasi bilan muloqot qilishdan bosh tortdi.F.Popov narsalarni olgan odamlandan qaytarish uchun sudga berdi. O‘g‘lidan qolgan buyumlarini (mebel jamlanmasi va ish stoli) qaytarib berish hamda xaridorlarini topa olmagan sotilgan va tarqatilgan buyumlarning narxini undirish uchun sudga murojaat qilgan. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling