Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N


Download 23.51 Kb.
bet5/14
Sana28.12.2022
Hajmi23.51 Kb.
#1070485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yakuniy

18-kazus
Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N.Xujayev 2014 yil sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganligini, u 2014 yilda qasddan odam o‘ldirganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini, sud qarori bilan u Respublika Toshkent shahar kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilib, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llanilganligini, uzoq vaqt davolanib, endi o‘z harakatini oqibatini tushunayotganligini, shu sababli muomalaga layoqatini tiklash so‘ragan. Sudda N.Xujayevning turmush o‘rtog‘i G.Xujayeva o‘z ko‘rsatmasida N.Xujayev bilan 1999 yilda turmush qurganligini, o‘rtalarida to‘rt nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i 2014 yilda qasddan odam o‘ldirganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini, sud unga nisbatan Respublika Toshkent shahar kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilib, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash belgilanganligini, turmush o‘rtog‘i o‘zining harakatlariga javob bera olmasligini, uning ahvoli og‘irligini, uning ruhiy holati va kasalligi ekspertiza xulosasida ham aks ettirilganligini, prokuratura uni soglom sifatida jinoiy javobgarlikka tortmoqchiligini, bunga u qarshiligini, xali turmush o‘rtogi javobgarlikka tortiladigan va uni oqibatini anglaydigan darajada emasligini bildirib, suddan arizani rad etishni so‘radi. Aniqlanishicha Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining 2014 yil 15 sentyabrdagi ajrimiga ko‘ra, N.Xujayevga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburiy chorasi qo‘llanilib, u Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy davolanishga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining 2021 yil 31 maydagi ajrimiga ko‘ra, N.Xujayevga nisbatan qo‘llanilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi muddati uzaytirilgan. Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomada, Xujayev ikkinchi guruh nogironligi qayd etilgan. Ekspertizasi xulosasida, fuqaro N.Xujayev “surunkali bezovta, betoqat, fikrlari joyida emasligi”- tashxisi qo‘yilgan.

Download 23.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling