Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
23-kazus
Da’vogar XXX sudga da’vo ariza bilan murojaat kilib, unda u javobgar NNN otasi bo‘lishini, otasining uyida yashagan davrida, 2019 yil 23 noyabr kuni TIF Milliybank Qizilbola filiali bilan tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra, 20.000.000 so‘mlik kredit mablag‘i ajratilib, ajratilgan kredit mablag‘i evaziga “Tosh El” MCHJdan 3.700.000 so‘mlik 1 dona “Shivaki” 345 rusumli xolodilnik, 3.750.000 so‘mlik 1 dona “Shivaki” rusumli konditsioner, 3.800.000 so‘mlik 1 dona “Shivaki” 43 rusumli televizor, 2.000.000 so‘mlik 1 dona “Shivaki” 32 rusumli televizor, 1.100.000 so‘mlik 1 dona “Royal” 80L rusumli suv isitgich, 600.000 so‘mlik 1 dona “Dimoxod”, 5.050.000 so‘mlik 1 dona kir yuvish mashinasi olganligini, hozirda otasidan alohida yashayotganligini, ushbu mulklarni javobgar unga bermayotganligini bayon qilib, ushbu mulklarni olib berishni yoki puliga mos mulklarni undirib berishni so‘ragan. 24-kazus "Orientbank" MCHJ hamda "Diestat" MCHJ o'rtasida kredit shartnomasi tuzildi. Unga ko'ra qazrdorga yillik 20% to'lash sharti bilan 500 mln so'm miqdorida kredit ajratildi hamda majburiyat bajarilishi ta'minlash maqsadida "Diestat" MCHJga qarashli ishlab chiqarish binosi garovga qo'yildi. Biroq qarzdor tomonidan kreditni qaytarish muddatiga bir necha bor rioya etilmaganligi bois bank undiruvni garovga qo'yilgan obyektga qaratish to'g'risida sudga da'vo arizasi murojaat qildi. Sudni qaroriga ko'ra undiruv qaratilgan garov obyekti kimoshdi savdosi orqali sotilayotgan vaqt "Diestat" MCHJ ta'sischilari o'z mablag'lari bilan bank oldidagi majburiyatni bajarib kimoshdi savdosini to'xtatishni so'radi. 25-kazus Fuqaro Axatov va Soliyevalar nikoh yoshiga to`lmasdan nikoh qurishadilar. Ular uch oy yashamasdan o`zaro kelishmovchiliklar tufayli ajrashib ketadilar. Axatov to`qimachilik sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun ruxsatnoma olgani Tadbirkorlarni ro`yhatga olish davlat idorasiga murojaat qilganida, unga to`la muomala layoqatiga ega bo`lmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish mumkin emasligini aytadi. Bunga e’tiroz bildirgan Axatov u allaqachon to`la muomala layoqatini olganligi, to`liq muomalaga layoqatli bo`lmasa Soliyeva bilan ham nikoh qura olmasligini vaj qilib ko`rsatadi. Davlat idorasi esa nikohga kirishning muomala layoqatiga umuman aloqasi yo`qligini, qolaversa hozirda Axatov va Soliyevalar ajrashganliklarini aytib uni ro`yxatdan o`tkazishni rad etadi. Qolaversa, Axatov Toshkent shahrida ijarada turar edi. Ijarachi ijara narxlarining ko`tarilib ketgani uchun qanday qilib Axatovni uydan chiqarib, uning o`rniga Rossiya Federatsiyasidan kelgan, o`zining ta’biri bilan aytganda “yog`li” mijozni qo`yishni bilmay yurgan edi. Nikohi bekor bo`lganligini bilib, huquqshunosning maslahati bilan ular o`rtasida tuzilgan ijara shartnomasini haqiqiy emas deb topishi mumkinligi bilan Axatovni ogohlantirdi. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling