Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
27-kazus
“Basconi” MCHJ 4 ta ta’sischidan iborat bo’lib, Asqarov unda 30 % ulushga egalik qiladi. Asqarov o’ziga tegishli ulushni Hamdamovga sotishga qaror qiladi. Biroq ulushni sotib olishda boshqa ishtirokchilarning imtiyozli huquqqa ega ekanligini nazarda tutib, agar oldi-sotdi shartnomasini tuzadigan bo’lsa, ulush boshqa ishtirokchilar tomonidan olib qo’yilishidan xavfsirab oldi-sotdini hadya shartnomasi tuzish orqali amalga oshiradi. Hamdamovga ulush aslida oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha o’tkazilganligi, hadya shartnomasi esa imtiyozli huquqni chetlab o’tish uchun tuzilganligini bilgan MCHJ ishtirokchisi ulush oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida sudga ariza kiritadi. 28-kazus Salomov o’ziga qarashli turar-joyni jiyani Rasulovga vasiyat qilib qoldirganligi haqida video yozuv tayyorlaydi hamda kamera va kasetalarni seyfga yashirib qo’yadi. Salomov vafot etganidan so’ng Rasulov ushbu video yozuv haqida xabar topib merosxo’r sifatida turar joyga da’vogarlik qiladi. Biroq Salomovning turmush o’rtog’i Salomova ushbu vasiyatnoma haqiqiy sanalmasligi, avvalo, vasiyatnoma yozma shaklda tuzilib notarial tasdiqlanishi lozimligi, shuningdek turar joy ko’chmas mulk bo’lganligi bois u bo’yicha bo’yicha tuziladigan bitimlar, xususan, vasiyatnoma ham davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozimligini ma’lum qilib, turar-joyni berishga to’sqinlik qiladi. 29-kazus Da’vogar XXX sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, unda u SSS bilan 2021 yil 26 fevral kuni qonuniy nikohdan o‘tganligini, javobgar bilan birga yashab kelgan vaqtlarida 2020 yil 19 martdagi 2020/004-sonli shartnomaga asosan O‘zmilliybakdan 116.495.000 so‘m kredit olib, 2021 yil may oyida “Kobalt” avtomobili xarid qilganlarini, kredit shartnomasi bo‘yicha hozirgi kunga qadar 94.514.132 so‘m bankka to‘lov qilganlarini, hozirgi kunda javobgar bilan birga yashamayotganliklari sababli avtomashina uchun to‘langan pulning yarmi 47.257.066 so‘mni undirish to‘g‘risida sudga murojaat qilishni lozim topganligini bildirib, suddan kredit shartnomasiga asosan xarid qilingan avtomashina uchun oila budjetidan birgalikda amalga oshirilgan to‘lov summasining yarmi, ya’ni 47.257.066 so‘mni javobgardan uning foydasiga undirishni so‘ragan. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling