Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
19-kazus
2021 yilning yanvar oyida "UzMotors" MCHJ dilerlik firmasi hamda fuqaro T.O. o'rtasida avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Shartnoma shartlariga ko'ra "UzMotors" MCHJ 2021 yilning sentyabr oyida sotib oluvchiga "Spark" rusumli avtotransport vositasini yetkazib berish majburiyatini, fuqaro T.O. esa buning uchun 90 mln so'm to'lash majburiyatini zimmasiga oladi.Shartnomani bajarish muddati kelib, "UzMotors" MCHJ yetkazib berish muddati yana 2 oyga uzaytirilganligi (2021 yilning dekabr oyiga) ma'lum qilganida, fuqaro T.O. yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olganligi, shu boisdan sotuvchi majburiyatini bajarishni kechiktirsa, yo'lovchi tashish faoliyatidan olishi mumkin bo'lgan ikki oylik daromadini, shuningdek majburiyat bajarilishi kechiktirib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining 0.5 % miqdorida, 64 kun uchun jami 28.800.000 miqdorida penya to'lashi kerakligini ma'lum qiladi. Bunga javoban "UzMotors" MCHJ shartnoma shartlariga ko'ra, avvalo, majburiyat bajarilmaganida u to'laydigan penya miqdori tovar bahosining 5%idan oshib ketmasligi nazarda tutilgani, ikkinchidan, tovarni yetkazib berish muddati bir necha bor, biroq umumiy 5 oydan ko'p bo'lmagan muddatga avtosalon tomonidan uzaytirilishi mumkinligini ta'kidlaydi. 20-kazus "Orientbank" MCHJ hamda "Diestat" MCHJ o'rtasida kredit shartnomasi tuzildi. Unga ko'ra qazrdorga yillik 20% to'lash sharti bilan 500 mln so'm miqdorida kredit ajratildi hamda majburiyat bajarilishi ta'minlash maqsadida "Diestat" MCHJga qarashli ishlab chiqarish binosi garovga qo'yildi. Biroq qarzdor tomonidan kreditni qaytarish muddatiga bir necha bor rioya etilmaganligi bois bank undiruvni garovga qo'yilgan obyektga qaratish to'g'risida sudga da'vo arizasi murojaat qildi. Sudni qaroriga ko'ra undiruv qaratilgan garov obyekti kimoshdi savdosi orqali sotilayotgan vaqt "Diestat" MCHJ ta'sischilari o'z mablag'lari bilan bank oldidagi majburiyatni bajarib kimoshdi savdosini to'xtatishni so'radi. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling