Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
15-kazus
Yodgorov uch yil davomida "Xayol" nomli o‘zga sayyoraliklar hujumi haqida fantastik roman yozdi. Yodgorov adabiy asar yaratish jarayonida tugallanmagan asarning alohida boblarini do‘stlariga o‘qish uchun bergan va vaqti-vaqti bilan romandan boblarni nashr etishga urinishgan, ammo ular muvaffaqiyatsiz tugadi. Yodgorovning ko‘p yillik do‘sti Xolmuminov Yodgorov o‘z asarini nashr etishni qanday orzu qilishini bilib, unga romanni nashr etishda moliyaviy yordam taklif qildi, lekin Yodgorov rad etdi.Bir kuni Yodgorov o‘zga sayyoraliklar haqidagi "Samo" deb nomlangan yangi kitobni sotib olib, taxallus ostida nashr etilgan kitob matni uning romanining ikki bobini aks ettirganini aniqladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Bu ishni Xolmuminov qilgan va Yodgorov dustining qilmishi uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmoqda, deb hisoblab, ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. O‘z qilmishini tushuntirar ekan, Xolmuminov moliyaviy jihatdan badavlat bo‘lganligi sababli, u o‘zini do‘stiga yordam berishga majbur deb hisoblaganini va minnatdorchilik o‘rniga ma’naviy zararni qoplash uchun da’vo olganini aytdi. 16-kazus Da’vogar «TRANS SERVIS» MCHJ direktori I.Abdullayev sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, unda «TRANS SERVIS» MCHJning 09.06.2020 yildagi ta’sis qaroriga asosan MCHJga ta’sischi sifatida kiritilganligini, MCHJga tegishli bo‘lgan “MAZ 953000 010” rusumli 4 ta avtomashinalar hozirgi kunda ham oldingi ta’sischisi tomonidan foydalanib kelinayotganligini, ushbu avtomashinalarni MCHJga topshirmasdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligini, shu sababli MCHJga tegishli avtomashinalarni javobgar XXXning noqonuniy egaligidan olib berishni so‘ragan. 17-kazus Sudga da’vogar N.T javobgar Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga nisbatan umumiy mulk hisoblangan avtotransport vositasidagi ulushini pul shaklida undirish harakatini noqonuniy deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat etib, unda I.T bilan 2008 yilda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, nikohlari davomida “SPARK” rusumli avtomashinani sotib olishganligini, transport vositasi qayd etish guvohnomasiga asosan I.T nomiga rasmiylashtirilganligini, 2021 yilda Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochisi T.R jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining 2014 yildagi 730/14-sonli ijro varaqasiga asosan javobgardan 10 nafar fuqaroning foydasiga moddiy zarar undirish haqidagi 01.01.2014 yilda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha nizoli avtomashina ko‘zdan kechirilib, undiruvga qaratish uchun xatlab qo‘yilganligini, javobgar Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga ushbu avtomashina umumiy mulk ekanligini, lekin ijrochi uni roziligisiz uni “E-ijro” auksionida sotishga qo‘yganligini, I.Tning qarzdorligi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining hukmiga asosan jinoiy zarar yetkazish natijasida 2014 yildan vujudga kelgan bo‘lib, ushbu qarzdorlik oilasining umumiy qarzdorligi hisoblanmasligini, qarzdorlikning unga umuman aloqasi yo‘qligini, turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida nikoh shartnomasi tuzilmaganligini, nikohlari davomida orttirilgan mablag‘lar hisobiga olingan “SPARK” rusumli, avtomashina umumiy mulk hisoblanishi sababli MIB harakatlarini noqonuniy hisoblashini va arizasini qanoatlantirishni so‘radi. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling