Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
35-kazus
Fuqaro Olimov tanishi Fozilov bankdan olgan kredit qaytarilishini ta’minlash maqsadida Yashnobod tumani, Aviasozlar ko’chasi 36-uyda joylashgan, o’ziga tegishli hech kim yashamayotgan 100-xonadonni garovga qo’yadi. Garov shartnomasi tuzilgandan so’ng 10 kun o’tib fuqaro Olimov o’zi yashab turgan xonadonni sotganligi bois garovga qo’yilgan turar joyga ko’chib o’tadi hamda yashash joyi bo’yicha ro’yxatga turadi. Kreditni qaytarish muddati kelganida Fozilov tomonidan majburiyatlar bajarilmagani bois undiruvni garov obyektiga qaratish haqida sudga murojaat etilganida, Olimov boshqa turar joyi yo’q ekanligi, shuningdek amaldagi qonunchilikka ko’ra fuqarolarning yagona turar joyiga undiruv qaratish mumkin emasligini ta’kidlab, suddan da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etishni so’raydi. 36-kazus Elektr energiyadan istemol uchun foydalanuvchi fuqaro V. energiya o‘lchovchi uskunani noqonuniy tarzda o‘chirib qonunga xilof ravishda foydalanib kelar edi. Ushbu holatdan xabardor bo‘lgan energiya nazoratchisi kelib, fuqaro V.ning xonadonidagi barcha elektr iste'mol qiladigan uskunalar, yoritgichlarni hisobini olib, eng yuqorida darajada hisob-kitob qilib, abonentni elektr energiyadan uzib tegishli dalolatnoma rasmiylashtirib ketadi.Ushbu holat yuz berganidan so‘ng, fuqaro V.ning xonadonida ijarada yashovchi fuqarolar ham elektr energiyasiz bu yerda yashay olmasliklarini ma'lum qilib, ijara shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilishni talab qildi. Shundan so‘ng fuqaro V. Elektr energiyasi tashkilotiga nisbatan sudga da'vo ariza bilan murojaat qilib, ijara shartnomasi qonuniyligi sababli, ushbu ijara shartnomasini buzilishiga sabab bo‘lgan energiya nazoratchisidan yetkazilgan zararni undirishni talab qildi. 37-kazus Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashgan “Bunyodkor” agrofirmasi va tayyorlovchi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yuzasidan shartnoma tuzildi. Mazkur shartnoma taraflar vakillari tomonidan imzolandi. Shartnomada shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari bo‘yicha) shartlar kiritilishi taraflarning e'tiboridan chetda qolib ketdi. Biroq, taraflar bu holatni o‘xshash vaziyatdan kelib chiqqan holda kelishib ketishini belgilab olishdi. Mazkur shartnomani ijro qilish maqsadida “Bunyodkor” agrofirmasi va “Qishloqqurilishbank” o‘rtasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida bitim tuzildi. Mazkur bitimga asosan “Bunyodkor” agrofirmasiga 200.000.000 so‘m moliyaviy mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘larni qaytarilishini ta'minlash maqsadida mevali daraxtlar garovga qo‘yildi. Ob-havoning noqulay kelishi natijasida mevali daraxtlar nobud bo‘ldi. Bundan xabardor bo‘lgan bank “Bunyodkor” agrofirmasidan garov predmetini almashtirishni talab qildi. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling