Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
33-kazus
2021 yilning yanvar oyida "UzMotors" MCHJ dilerlik firmasi hamda fuqaro T.O. o'rtasida avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Shartnoma shartlariga ko'ra "UzMotors" MCHJ 2021 yilning sentyabr oyida sotib oluvchiga "Spark" rusumli avtotransport vositasini yetkazib berish majburiyatini, fuqaro T.O. esa buning uchun 90 mln so'm to'lash majburiyatini zimmasiga oladi.Shartnomani bajarish muddati kelib, "UzMotors" MCHJ yetkazib berish muddati yana 2 oyga uzaytirilganligi (2021 yilning dekabr oyiga) ma'lum qilganida, fuqaro T.O. yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olganligi, shu boisdan sotuvchi majburiyatini bajarishni kechiktirsa, yo'lovchi tashish faoliyatidan olishi mumkin bo'lgan ikki oylik daromadini, shuningdek majburiyat bajarilishi kechiktirib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining 0.5 % miqdorida, 64 kun uchun jami 28.800.000 miqdorida penya to'lashi kerakligini ma'lum qiladi. Bunga javoban "UzMotors" MCHJ shartnoma shartlariga ko'ra, avvalo, majburiyat bajarilmaganida u to'laydigan penya miqdori tovar bahosining 5%idan oshib ketmasligi nazarda tutilgani, ikkinchidan, tovarni yetkazib berish muddati bir necha bor, biroq umumiy 5 oydan ko'p bo'lmagan muddatga avtosalon tomonidan uzaytirilishi mumkinligini ta'kidlaydi. 34-kazus Fuqaro A. qiymati 10 mln so'm bo'lgan noutbukni "E-savdo" MCHJdan iste'mol krediti asosida sotib oldi. Shartnoma shartlariga ko'ra fuqaro A. kompyuter uchun 6 oy davomida - har oy qo'shimcha 500.000 so'mdan to'lab, jami 13 mln so'm to'lash majburiyatini oldi hamda ushbu majburiyatlar bajarilishini ta'minlash maqsadida fuqaro A.ning ta'nishi fuqaro B. kafillik shartnomasini tuzadi. Shartnoma bo'yicha 2 oy davomida majburiyatlarini bajarib kelgan fuqaro A. 3 oydan boshlab to'lovlarni amalga oshirish muddatiga 2 marotaba rioya etmaganligi bois "E-savdo" MCHJ kafilga, ya'ni fuqaro B.ga shartnoma bo'yicha asosiy qarzni, belgilangan qo'shimcha foizli to'lovlarni hamda neustoykani undirish haqida talab qo'yadi. Bunga javoban fuqaro B.: birinchidan, kafil sifatida faqat asosiy qarz bo'yicha javob berishini, foizlar hamda neustoykani to'lamasligini; ikkinchidan, fuqaro A. qarzni to'lashdan bosh tortmayotganligini, aksincha, qarzni tan olib keyinchalik imkon bo'lganda, albatta, to'lab berishini ma'lum qilayotganligini, shu boisdan O'zR FKning 329-moddasiga ko'ra subsidiar javobgar shaxsga, ya'ni kafilga talab qo'yish asoslari mavjud emasligini ma'lum qilib, qarzni to'lashdan bosh tortadi. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling