Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N
Download 23.51 Kb.
|
Yakuniy
30-kazus
D.Axunova advokatga murojaat qilib, X.Axunovga nisbatan umumiy mulk deb topish va ulush ajratish haqidagi da’vo arizasi yozib berishni so‘radi. U o‘z tushuntirishida X.Axunov bilan 2008 yilda shar’iy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, birgalikdagi turmushlaridan 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, o‘zaro nikoh davrida ular nizoli 50 uyni oldi-sotdi shartnomasiga asosan sotib olishganligini, hozirda ular birga yashamasligini, javobgar nikoh davrida olingan mulkdan foydalanishga qarshilik qilayotganligini, arizada albatta bolalarini haqini ham unutmasdan ulush belgilashni suddan surash kerakligini, sababli uy 3 xonali bo‘lib, ular uyni sotib olishda bolalarini ham hisobga olishganligini, uyni pulini yarmini otasi unga sovg‘a qilganligini, shu sababli bu pulni yarmidan ko‘piga uning haqi borligini, shu sababli yuqoridagi vajlar asosida ariza yozib unga tegishli huquqiy tushuntirish berishni so‘radi. 31-kazus Arizachi X.Murova sudga ariza bilan murojaat qilib, unda turmush o‘rtog‘i A.Murovni muomalaga layoqatli deb topishni so‘ragan. Sud majlisida arizani quvvatlab, turmush o‘rtog‘i A.Murov sudning 2019 yil 6 maydagi hal qiluv qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganligini, bugungi kunda sog‘ayganligini, o‘zining harakatlariga javob bera olishligini bayon qilib, arizasini qanoatlantirishni so‘radi. A.Murovning vasiysi M.Alimova ekspertiza xulosasiga asosan A.Murov hozirgi kunda ham o‘z harakatlarini idrok etishga va boshqarishga qodir emasligi tasdiqlanganligi lekin bu xulosaga qisman qo‘shilishligini, ayrim vaqtda A.Murov sog‘lom insonlarday fikrlashini bildirgan. Vasiylik va homiylik organi vakili Sh.Maraximov xulosasiga asosan A.Murodov hozirgi kunda ham o‘z harakatlarini idrok etishga va boshqarishga qodir emas. Viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanserining 2022 yil 10 iyundagi 04-sonli ekspertiza xulosasiga ko‘ra, A.Murov o‘rta darajada aqliy rivojlanishi qisman orqada qolmoqda, eshitish va gapirish qobiliyatining sust. 32-kazus Fuqaro U.K. o'ziga qarashli "damas" rusumli avtomashina boshqarib ketayotgan payt piyodalar o'tish joyida fuqaro T.R.ni urib yuborib yo'l transport hodisasi sodir etadi. Yo'l transport hodisasi natijasida fuqaro T.R. o'ng oyoq son qismi yopiq sinishi, bosh qismida yopiq jarohat bilan kasalxonada da'volanadi hamda kasalxona xarajatlari uchun 10 mln so'm sarflaydi. Ushbu ish bo'yicha sud jarayonida fuqaro T.R. fuqaroviy da'vogar sifatida haydovchi U.K.dan yetkazilgan 10 mln so'm miqdoridagi zarar, mehnat qobiliyati kamayganligi uchun to'lov hamda ma'naviy zararni qoplash uchun 5 mln so'm talab qilganida haydovchi U.K. transport vositasidan ijara shartnomasi asosida foydalanishi, qonunchilikka ko'ra ashyo yetkazgan zarar uchun uning mulkdori javobgar bo'lishi, qolaversa, haydovchining fuqarolik-huquqiy javobgarligi sug'urta qilinganligini ma'lum qilib, ushbu majburiyatni uning zimmasiga yuklash noqonuniy ekanligini ta'kidlaydi. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling