Sun’iy hujayrasi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

 
 
Tuzlarning o‘simliklar o‘sishiga bo‘lgan ta’siri, 6-7 kundan boshlab sezila boshlaydi. Tajribadan 
ijobiy natija olishda tuzlarning kimyoviy toza bo‘lishligi muhim ahamiyatga ega. Odatda tajriba 3-4 hafta 
davom ettiriladi. Shu mo‘ljaldagi vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simliklar eritmalardan olinib, distillangan 
suv bilan yuviladi va ularning poyasi, ildizlari lineyka yoki millimetr qog‘ozi yordamida o‘lchanadi. 
Olingan ma’lumotlar yuqoridagi jadvalga yozib olinadi. Imkoniyati bo‘lsa, o‘simliklarning ho‘l va quruq 
og‘irligi yoki ildizlar soni aniqlansa yanada yaxshi bo‘ladi. Tajribadan olingan natijalar talabalar bilan 
birgalikda muhokama qilinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi. 
 
17-rasm. Ionlar antogonizmi sxemasi: Ionlar antogonizmi (NH

ionlari Ca 
2+
, Mg 
2+
, K
+
ga nisbatan tez 
so‘riladi). Ionlar sinergizmi (kationlar so‘rilishi 30% baland) 
 
18-LABORATORIYA ISHI 
О‘simliklarni uch metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish 
 
Darsning maqsadi: Talabalarni о‘simliklarni uch metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish 
usullari bilan tanishtirish. 
Kerakli asbob va reaktivlar: Unayotgan o‘simliklar ypyg‘i, bir litrda 7,02 g NaCl erigan eritma, 
bir litrda 8,94 g KCl erigan eritma, bir litrda 6,66 g CaCl
2
erigan eritma, distillangan suv, hovoncha, 1 
litrlik shisha idish, pipetka, pinset, qaychi, filtr qog‘ozi, chizg‘ich yoki millimetr qog‘ozi, oynaga 
yozadigan qalam. 
Ishni bajarish tartibi: Bu ishni bajarish uchun 500 sm
3
hajmli shisha idishlardan 7 ta olib, 
yaxshilab yuviladi. So‘ngra bu idishlarning birinchisiga 500 ml NaCl eritmasi, ikkinchisiga 500 ml oddiy 
suv solinadi. Uchinchi idishga 11 ml KCl+5 ml CaCl
2
, tо‘rtinchi idishga 22 ml KCl+10 ml CaCl

solinadi, 
ularning hajmi NaCl eritmasi bilan 500 ml ga yetkaziladi. Mana shu tartibda tayyorlangan eritmalarga bir 
xil rivojlanishiga ega bo‘lgan tajriba uchun tanlangan о‘simliklar o‘simtalari tushiriladi. Buning uchun 
idishlar og‘zini berkitishga mo‘ljallangan qopqoqchalarga o‘simtalar joylashtiriladi. Qopqoqchalarni idish 
og‘ziga berkitganda, unga o‘rnatilgan o‘simtalarning ildizlari ozuqa eritmasiga to‘la botib turishi kerak. 
O‘simtalarning muqobil o‘sishini ta’minlash uchun idishlarni harorati 25-30°S darajada bo‘lgan 
yorug‘ xonalarga qo‘yiladi. Idishlardagi aeratsiyani muqobil holda tutib turish uchun esa eritma vaqti-
vaqti bilan sun’iy ravishda kislorod bilan boyitib turiladi. Tajribaga olingan eritma har 5-6 kunda 
yangilanib (almashtirilib) turiladi.


O’simliklar fiziologiyasi 
 
232 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling