Sun’iy hujayrasi
Tuproqning namlik sig‘imini aniqlashda olingan natijalar
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
Tuproqning namlik sig‘imini aniqlashda olingan natijalar T u p ro q n in g tu ri N ayn in g og‘ ir li gi , g N ayn in g t u p roq b il a n og‘ ir li gi , g T u p ro q n in g sof og‘ ir li gi , g Naydagi tuproqni suvga tushirilgandan keyingi vazni, (g) T u p ro q q a sh im il ga n su v m iq d or i, ( g) S h im il gan s u v m iq d or i, % 1-о‘lchash 1-о‘lchash Bо‘z tuproq 46,38 126,96 80, 54 144, 88 144, 88 17, 96 22,29 Agar tajribaga olingan tuproq tarkibida 19,93 % suv borligi ma’lum bо‘lsa, shunday namlikka ega bо‘lgan 100 g tuproqning absolyut quruq og‘irligi quyidagicha olinadi. 100 – 19,93 = 80, 07 g. Demak, 19,93% namlikka ega bо‘lgan tuproqning absolyut quruq og‘irligi 80,07 grammni tashkil qilar ekan. Endi 80,07 g absolyut tuproqni suvga tо‘la tо‘yintirish uchun qancha miqdorda suv bо‘lishligini topib olamiz. 17,96 + 22,29 = 40,25 g. Agar 80,07 g absolyut quruq tuproqni suvga tо‘la tо‘yintirish uchun 40,25 g suv berish kerak bо‘lsa, 100 g shunday tuproqni tо‘la nam sig‘imida tutish uchun esa qancha suv berishligini quyidagicha topib olamiz. 80,07 - 40,25 100 - x X=100x 40,25/80,54=50,27 g. O’simliklar fiziologiyasi 234 Demak, 100 g absolyut quruq tuproqni suvga tо‘la tо‘yintirish uchun 50,27 g suv berish kerak ekan. Ma’lumki, о‘simliklarning normal о‘sib rivojlanishida va fiziologik–biokimyoviy jarayonlarning bir meyorda ketishligi uchun muhitda yetarli darajada kislorod bо‘lishi kerak. Agar, tuproqda namlik haddan tashqari yuqori bо‘lsa, u yerda kislorod yetishmasligi vujudga keladi. Bu esa, о‘z navbatida kо‘pchilik о‘simliklarda nafas olish jarayonining buzilishiga olib keladi. Natijada, о‘simliklarning о‘sish va rivojlanishiga hamda modda almashinuviga salbiy ta’sir qiluvchi turli xildagi zaharli moddalar hosil bо‘ladi. Bunday salbiy hodisalarning kelib chiqishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun tuproq namligini tо‘la nam sig‘imiga nisbatan 60% da tutish kerak. 100% - 50,27 60% - X X=60x 50,27/100=30,16 g. Demak, tajriba о‘tkazilmoqchi bо‘lgan quruq tuproqning har 100 g ga 30,16 g suv qо‘yilishi kerak. Ammo, tajribaga olinayotgan tuproq tarkibidagi (19,93 g) suvni hisobga olishni ham unutmaslik kerak. Shunday ekan, 100 g tuproqqa 30,16 g suv emas, balki 10,23 g suv berilishi kerak. Agar vegetatsion chelaklarga olingan 24 kg tuproqning namligi xuddi yuqorida aytganimizdek 19,93% bо‘lsa, shu tuproq namligini tо‘la nam sig‘imiga nisbatan 60% da tutish uchun qancha suv berish kerak. 100 - 30,16 24000 - x X=24000x30,16/100 =7,24 kg. Demak, 24 kg absolyut quruq tuproq namligini tо‘la nam sig‘imiga nisbatan 60% da tutish uchun 7,24 kg suv qо‘yish kerak. Ammo, tajribaga olingan tuproq namligi 19,93% bо‘ladi. Endi olingan 24 kg tuproq tarkibida qancha miqdorda suv bо‘lganligini quyidagicha topib olamiz. 100 - 19,93 24000 - x X =24000x 19, 93/100 = 4,78 kg. Endi 24 kg tuproqni tо‘la nam sig‘imiga nisbatan 60% da tutish uchun zarur bо‘lgan suv miqdoridan (7,24 kg) shu tuproqnig tarkibida bо‘lgan gigroskopik suv (4,78 kg) ayrib tashlanadi. 7,24 – 4,78 = 2,46 kg Demak namligi 19,93% ga ega bо‘lgan tuproqning 24 kg ga qо‘shimcha ravishda 2,46 kg suv berilsa, tajribaga olingan tuproq namligi tо‘la nam sig‘miga nisbatan 60% da tutilgan bо‘ladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling