Sun’iy hujayrasi


Pigmentlar Kraus usulida bir-biridan ajratiladi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

1. Pigmentlar Kraus usulida bir-biridan ajratiladi. Filtratdagi yashil rangli spirt eritmasi 
tarkibida 2 ta yashil xlorofill (a va b), 2 ta sariq pigment (karotin va ksantofill) bo’ladi. Bargdan olingan 
pigmentlarning biri spirtda, ikkinchisi benzinda oson eriydi. Shundan foydalanib pigmentlarni bir-biridan 
ajratib olish uchun asosan spirt va benzin ishlatiladi. 
Quruq toza probirkaga 2-3 ml filtrat solib, unga 3-5 ml benzin qo’shib chayqatiladi. Bir necha 
minutdan keyin eritma 2 qavatli bo’lib qoladi. Ustki qavatda benzin, pastda spirt to’planadi. Xlorofill 
spirtga nisbatan benzinga yaxshiroq eriydigani uchun yuqori qavatda to’planadi. Eritma yashil rangga 
bo’yaladi. Bu qavatga xlorofilldan tashqari benzinda yaxshi eriydigan karotin pigmenti ham o’tadi. Spirt 
qavatida esa sariq pigment (ksantofill) yig’iladi. Agar spirt va benzin qavatlari bir-biridan qiyinlik bilan 
ajraladigan bo’lsa, probirkaga 1-2 tomchi suv qo’shib qayta chayqatiladi. 
 
 
21-rasm. O‘simlik tanasidagi pigmentlar: 1-2. Flavonoidlar (antotsianlar, flavonlar); 3. Karotinoidlar 
(ksantofil); 4. Хlorofill; 5. Xlorofill va karotin. 
2. Xlorofill fluoressensiyasi. Xlorofillning yorug‘lik energiyasini tanlab yutishdan tashqari uning 
optik xususiyatiga, ya’ni fluoressensiya hodisasiga ega bo‘lishligi ham muhim o‘rin tutadi. 
Fluoressensiya - xlorofill molekulasiga yutilgan nurning qaytadan nur ko‘rinishida chiqishidir. Odatda 
fluoressensiyalanuvchi moddalar molekulasi nurni yutgan paytda qo‘zg‘algan holatga o‘tadi. 
Molekulalarning qo‘zg‘algan holatdan yana boshlang‘ich holatga qaytishi, qo‘zg‘alish energiyasining nur 
ko‘rinishida tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bu vaqtda ajralayotgan nurning to‘lqin uzunligi, yutilgan 
nurnikiga nisbatan katta bo‘ladi. Xlorofillning fluoressensiya qobiliyatiga ega bo‘lishi uning 
fotokimyoviy faol modda ekanligini ko‘rsatadi. Xlorofillning organik erituvchilardagi eritmasi kuchli 
fluoressensiya xususiyatiga egadir. 
Buning uchun toza yuvib quritilgan probirkaga pigmentlarning spirtdagi eritmasidan 5-10 ml 
olinadi. Agar probirkaning orqa tomoniga qora qog‘oz qo‘yib, deraza yoki elektr lampasi (ko‘k-binafsha 
nur) oldida nur tushayotgan tomondan (qaytuvchi nurda) qaralsa, yashil tusdagi xlorofill to‘q qizil rang, 
anor shirasi kabi ranglar holatida ko‘rinadi. Mana shu hodisani fluoressensiya hodisasi deb ataladi. Bu esa 
o‘z navbatida xlorofillning fotokimyoviy faol modda ekanligini ko‘rsatadi. Fluoressensiya hodisasini 
ayrim suv o‘simliklarida, masalan, mox - Fontinalis, Elodea densa o‘simligida kuzatish mumkin. Buning 
uchun o‘simlik qismlari (bargi) ni buyum oynasiga qo‘yib mikroskop ko‘k-binafsha nur bilan yoritiladi 
va yoritgich bilan mikroskop oynasi o‘rtasiga ko‘kka bo‘yalgan oyna qo‘yiladi. Shunday paytda to‘q-qizil 
rangni ko‘rish mumkin. 


O’simliklar fiziologiyasi 
 
237 
23-LABORATORIYA ISHI 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling