Sun’iy hujayrasi


-rasm. Tuproqning to‘la nam sig‘imini aniqlash usuli


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

19-rasm. Tuproqning to‘la nam sig‘imini aniqlash usuli
 
 
21-LABORATORIYA ISHI 
Yashil barg pigmentlarini ajratib olish 
 
Darsning maqsadi: Yashil barg pigmentlarini ajratib olish va ularning xossalarini о‘rganish. 
Barglardan xlorofill pigmentini ajratib olib, uning tarkibi va xususiyatlarini o’rganish.
Umumiy ma’lumot: Fotosintez prosessi xlorofill ishtirokida boradi, uning vositasida yorug’lik 
nuri yutiladi. Xlorofill yutgan spektr nurlarining energiyasi suv molekulasini parchalashda ishtirok etadi. 
Suv tarkibidan ajralgan vodorod atomlari hisobiga CO
2
organik moddalargacha qaytariladi. Xlorofill 
tomonidan yutilgan yorug’lik energiyasi hisobiga fotoliz prosessi borishi bilan birga energiyaga boy N 


O’simliklar fiziologiyasi 
 
235 
molekulalari to’planadi. Kelajakda ular energiyasi fotosintez qorong’ulik fazasida organik moddalarning 
sintezlanishida sarflanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: O‘simlikdan yangi uzib olingan yoki quritilgan barg, 96% li etil 
spirti, benzin, СaСO
3
, 10% li HCl eritmasi, probirkalar, shtativ, pipetka, filtr qog‘oz, voronka, chinni 
kosacha, tarozi. 
Ishni bajarish tartibi: Pigmentlarning xususiyatlari bilan tanishish uchun, o‘simliklar bargi 
tarkibidagi pigmentlarni ajratib olishda quyidagi usullardan foydalaniladi. 
1. O‘sib turgan o‘simlik bargidan bir nechtasini olib, ularning bandi qirqib tashlanadi, keyin esa 
oq mato bilan changdan tozalanadi. Changdan tozalangan bargdan 5-6 g tarozida tortib olinadi va qaychi 
bilan mayda-mayda qilib qirqiladi. Maydalangan barg chinni hovonchaga solinadi va yanchiladi (eziladi). 
Bargning yaxshi ezilishi uchun unga maydalangan shisha kukuni qo‘shiladi.
 
20-rasm. Yashil barg pigmentlarini ajratib olish 
Hovonchadagi barg yaxshi ezilgach, unga 10-20 ml 96% li spirt solib, yana eziladi. Hujayra 
shirasi tarkibidagi kislotalarni neytrallash uchun aralashma ustiga skalpel uchida ozgina СaСO
3
tuzi ham 
qo‘shib, ezish davom ettiriladi. Shu usulda yaxshilab ezilgan barg va spirt aralashmasi toza yuvib 
quritilgan probirka yoki kolbaga filtrlanadi . 
2. Mabodo, o‘sib turgan o‘simlik bargidan pigment eritmasini tayyorlash imkoniyati bo‘lmasa, 
ilgaridan olib quritib qo‘yilgan bargdan ham yuqoridagi usulda pigmentlarni ajratib olish mumkin. 
3. O‘simlikdan yangi uzib olingan barg maydalanib shisha bankaga solinadi va uning ustiga 
ma’lum miqdorda 96 % etil spirtdan quyib, banka og‘zi tiqin bilan berkitilib, 20-24 soatga qoldiriladi. Bir 
sutka davomida barg tarkibidan ajralib chiqqan pigmentlar aralashmasi toza yuvilib quritilgan 
probirkalarga filtrlanadi. Mabodo, maydalangan barg qismlari to‘la rangsizlanmagan bo‘lsa, unga yana 
ozgina spirt qo‘shib, yaxshilab chayqatiladi va probirkadagi filtrat ustiga filtrlanadi. 
22-LABORATORIYA ISHI 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling