T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev


partiyaning o ‘rtacha yutug‘i o‘yin bahosiga intiladi, strategiyalarni


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/94
Sana03.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1741725
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94
Bog'liq
Tizimli yondashuv asoslari


partiyaning o ‘rtacha yutug‘i o‘yin bahosiga intiladi, strategiyalarni 
qo‘llanishi 
soni 
esa 
o ‘yinchilaming 
aralash 
strategiyadagi 
ehtimolliklariga intiladi.
Nazorat savollari:
1. Optimizatsion 
yondashuvning 
chegaralari 
nimalarda 
ko‘rinadi?
2. Tizimli tahlilda optimizatsiya masalalarini roli va o ‘mini 
ko‘rsating.
3. Nazariy o ‘yin modeli ramkasiga mos keladigan haqiqatga 
yaqin hayotiy hodisani o ‘ylab toping. Va bu yerda qanday 
soddalashtirishlar va qo‘shimchalarga yo‘l qo‘yilganligini tahlil 
qiling.
4. Yechim noaniq b o ig a n holdagi tanlovni o ‘yin sifatida 
qarash nimani beradi?
5. 0 ‘lchash - bu nima degani?
6. Nima uchun ba’zi bir shkala kuzatuvlarida ixtiyoriy emas, 
balki ba’zi mumkin bo‘lgan amallarnigina bajarish mumkin?
7. Ehtimolli noaniqlik qanday ifodalanadi?
8. Kuzatuvlaming real protokollari biz xohlagan protokollardan 
farqining asosiy xossalari qanday?
148


13. YECHIMLAR QABUL QILISHDA EKSPERT USULLARI 
VA BASHORATLASH ELEMENTLARI
13.1 Tanlovning ekspert usullari haqida umumiy ma’lumotlar.
Ekspert ishiga ta’sir qiluvchi faktorlar
M urakkab tizimlami tekshirishda formal matematik masalalami 
qo‘yilishidan chetga chiqadigan muammolar tug‘iladi. Bu hollarda 
ekspertlar xizmatidan fo>dalanishga to ‘g ‘ri keladi.
Ekspert tizimlarga bo‘lgan katta qiziqish uch asosiy sabablarga 
bog’liq. Birinchidan, ular ifodalanmagan soha masalalarini yechish- 
ga moMjaliangan, ya’ni ularga yaqin-yaqinlargacha hisoblash 
texnikasini qo‘llash imkoniyati yo‘q hisoblanar edi. Ikkinchidan, 
ekspertlar tizimiy dasturlash sohasini bilmaydigan mutaxassislar 
uchun moMjallangan bo‘lib, ular hisoblash texnikasidan foydala- 
nishni kengaytiradi. Uchinchidan, ekspert tizimlar amaliy masala­
lami yechishga m o‘ljallangan va shu bilan birga ekspert -inson 
oladigan natijalarga ko'ra aniqroq natijalar olish imkonini beradi.
70-yiIlar o ‘rtalarida ekspert tizimlar yo‘nalishi vujudga keldi. 
Ekspert tizimlar bo‘yicha tekshirishdan maqsad bu ekspert -inson 
uchun qiyin masalalami yechimini topishda, ekspert-inson xulosa- 
sidan sifat va foydalilikdan qolishmaydigan natija beradigan 
dasturlami ishlab chiqishdan iborat.
Kxrpgina hollarda ekspert tizimlar qiyin ifodalanadigan masa­
lalami yoki umuman algoritmik yechimga ega emas masalalami 
yechadi.
Hozirgi paytda ekspert tizimlami turli sohalarda (tibbiyot, 
hisoblash texnikasi, geologiya, matematika, qishloq xo‘jaligi, 
boshqaruv, elektronika, huquqshunoslik) qo‘llanilmoqda.
Ekspert tizimlami amaliyotda muvaffaqiyatli qoMlanilishini 
sabablari shundaki, ulami qurishda aw alg i shu sohadagi ko‘p 
tekshimvlardan 
chiqarilgan 
xulosalar 
hisobga 
olinadi. 
Bu 
xulosalarni quyidagi uch tamoyil ko‘rinishida ifodalaymiz.
149


1) Ekspert tizimning quvvati birinchi navbatda bilimlar bazasi 
va uning to‘Idirilish imkoniyatiga va faqat ikkinchi navbatda 11 
foydalanadigan usullarga asoslangan.
2) Ekspert (yoki ekspert tizimga) sifatli va foydali yechim 
olishga imkon beradigan bilimlar evristik, eksperimental, aniqlan- 
magan, haqiqatga o ‘xshash deya baholanadi va bilimlar individual 
xarakterga ega b o iib aniq odamga tegishli bo‘ladi. Yana shuni 
ta’kidlash lozimki, ekspertlar bilimi individual xarakterga ega 
bo‘lib, aniq shu soha mutaxassisga tegishli bo‘ladi.
3)Yechilayotgan masalalaming ifodalanmaganligini hisobga 
olib, foydalanilayotgan bilimlaming evristik, shaxsiy xarakterini 
hisobga olib, foydalanuvchi ekspert tizim bilan dialog ko‘rinishidagi 
o ‘zaro muloqotda b o iish i kerak. Ekspert tizimlari tizim bilimlami 
o ‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Bilimlami o ‘zlashtirishni uchga bo‘lish mumkin:
1) bilimlami ekspertlardan olish;
2) tizimni foydali ishlashini ta ’minlaydigan bilimlami tashkil 
qilish;
3) bilimlami tizimda tushunarli ko‘rinishda ifodalanishi.
Ekspert usullaming asosiy g ‘oyasi shundaki, mutaxasislarning
intellektidan, qobiliyatidan yechimlami topishida va qidirishda 
foydalanishdi. Mutaxassislaming intellektual faoliyati ko‘p hollarda 
ichki va tashqi holatlarga bog‘liq. Shuning uchun ekspert baholash 
uslubiyatida maxsus e'tibor ekspertlami ishlashida ta’sir qiluvchi 
faktorlarga qaratilgan bo‘lib, ulaming ishlashi uchun zarur sharoitlar 
tashkil qilinadi.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling