T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/94
Sana03.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1741725
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
Bog'liq
Tizimli yondashuv asoslari

Nazorat savollari:
1. «Statistik texnika xavfsizligi» ning asosiy qoidalari qanday?
2. Statistik noaniqlik holatida tanlov qanday to‘plamda amalga 
oshiriladi?
133


12. OPTIM ALLIK G ‘OYALARINING YUTUQ VA
k a m c h i l i k l a r i
12.1. Optimal yondashuvning chegaralari
Yuqorida ko‘rgan barcha masalalarimizda tanlov muammosi 
berilgan to ‘plamdan eng yaxshi, eng optimal muqobillik topishdan 
iborat edi.
Optimallik g ‘oyasi kibernetikaning markaziy g ‘oyasi hisob- 
lanadi. Optimallik tushunchasi matematik nazariyalarda qat’iy va 
aniq tasavvur hosil qiladi, texnik tizimlami loyihalashtirish va 
ekspluatatsiyasida muhim rol o ‘ynaydi.
Optimallik g ‘oyasining foydasini ko‘rganimiz holida tajribada u 
bilan juda ehtiyot bo‘lib munosabatda b o iish kerak. Bunday xulosa 
uchun asos bor.
1) Optimal yechim ko‘pincha «juda nozik» bo‘ladi va birinchi 
qarashda ko‘zga ko‘rinmas o ‘zgarishlar masala sharoitida katta 
o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli optimallash 
nazariyasida oxirgi paytda yechimlarga aniq turg‘unlik berishga 
katta e ’tibor berilmoqda.
2) Optimallash har doim masalada qatnashayotgan kriteriyalar 
qo'yilgan maqsadni ifodalaydi degan taxminga tayanadi. Ammo 
shunday bo‘lgan taqdirda ham, ko‘pincha qaralayotgan tizim 
qandaydir katta tizimning boMagi hisoblanadi va u holda lokal 
optimallash katta tizimning natijasiga mos kelishi shart emas. Bu 
tizimchaning kriteriyalarini tizim kriteriyalaridan uzib qo‘yish 
zaruratini tug'diradi.
3) Optimallik kriteriysini maksimallash ko‘pincha maqsad bilan 
haqiqiylashtiriladi, lekin bu haqiqatda turli narsalar. Kriteriy va 
maqsad bir-biriga tegishli model va original kabi (bu yerdan kelib 
chiqadigan xususiyatlari bilan birga). Ko'pgina maqsadlami sonli 
ifodalash qiyin va mumkin emas. Lekin zarur hollarda bu 
muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Masalan, yong‘in komandasining 
ish darajasi chaqiruv holida yetib kelish tezligi bilan baholanadi.
134


YUNESKO standartiga mos ravishda aholiga tibbiy xizmat 
ko‘rsatish 
darajasi 
bolalar 
o‘limining 
ko'rsatkichiga 
qarab 
baholanadi. Bir qancha maishiy xizmat korxonalaming ish sifati 
aholidan tushgan buyurtmalar soniga qarab baholanadi. Ilmiy 
xodimning ish darajasi chiqargan maqolalarining hajmi va soniga 
bog‘liq. Umumiy qilib aytganimizda kriteriy maqsadni gohida 
yaxshi, gohida yomon, lekin har doim taxminiy yaqinlikda 
ifodalaydi.
4) 
Optimallik tushunchasida kriteriyalardan tashqari chegaralar 
ham muhim rol o ‘ynaydi. Ulam ing kichik o ‘zgaruvi ham yechimga 
ta’sir ko‘rsatadi. Yana turli effektga ega bo‘lishimiz mumkin bir 
chegarani olib tashlab, o‘m iga boshqasini qo‘shib. Bu yerda xavf 
shundaki, zarur bo‘lgan barcha chegaralami bermay, biz bir vaqtda 
kerak bo'Imagan, istalmagan effektlami olishimiz mumkin.
N. Vinemi fikri shundayki, murakkab tizimlarga nisbatan biz 
avvaldan barcha shart va chegaralami aniqlashga qodir emasmiz 
(bizga 
kerak 
bo‘Imagan 
istalmagan 
natijalami 
yo‘qotishni 
kafolatlaydigan) va bu jam iyatni kibemetizatsiyalashni katastrofik 
natijalarga olib kelishi mumkin degan xulosani keltirib chiqaradi. 
Shunday qilib, tizimli tahlil nuqtayi nazaridan optimallashga 
munosabatni quyidagicha ifodalash mumkin: bu kuchli effektivlikni 
oshirish quroli, lekin uni muammolarga qarab ehtiyotkorlik bilan 
qo‘llanish kerak.
Quyida ehtiyotkorlik o4chovlari bo‘lishi mumkin.
1) Sezgirlikni tekshirish, turg‘un proseduralardan foydalanish:
2) Paretto to'plam ini ajratish va ulami siqish natijasida 
qo'shim cha m a’lumotlar hisobiga optimal altemativlami qarash.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling