Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti
I.BOB.QUSHLAR SISTEMATIKASIVA KELIB CHIQISHI
Download 0.5 Mb.
|
Документ Microsoft Word (5)
I.BOB.QUSHLAR SISTEMATIKASIVA KELIB CHIQISHI
I.1. Qushlarning klassifikatsiyasi Hozirgi vaqtda qushlar sinfiga 30-35 ta turkum va 10 mingtaga yaqin tur kiradi (Ye.A. Koblik, 2001). MDH da qushlarning 800 ta turi, shu jumladan O‘rta Osiyoda 500 ta va O‘zbekistonda 441 ta turi uchraydi.Quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar orasida qushlar sinfi turlarining ko‘pligi jihatdan birinchi o‘rinda turadi. Qushlarning qazilma topilmalarini hisobga olganda, ular ikkita kenja sinfga bo`linadi: 1.Qadimgi qushlar yoki kaltakesak dumlilar (Archaeornithes) kenja sinfi. 2. Yelpig'ich dumlilar yoki haqiqiy qushlar (Neornithes, Orniturae) kenja sinfi. Qadimgi qushlar yoki kaltakesak dumlilar kenja sinfiga yura davrida yashagan arxeopteriks (Archaeopteryx) kiradi. Arxeopteriks (qadimgi qush) qushlar sinfining qazilma holda topilgan eng qadimgi vakillaridan biri hisoblanadi. Bu qushning pat tamg‘asi birinchi marta 1860- yilda Bavariyadagi Zolengofenga yaqin yerda yura davrining ustki qatlamidan topilgan. Ikkinchi marta 1861- yilda shu yerning yura qatlamidan arxeopteriksning pat izi va skelet qoldiqlari topilgan. Arxeopteriksning 1861- yilda topilgan qoldig`i hozirgi vaqtda Britaniya muzeyida saqlanadi. Uning dumi uzun, oldingi oyoqlarida erkin barmoqlari bo`lib, tirnoqlari bilan daraxtga chirmashib chiqib yashashga moslashgan, ucha olmaydigan, sudralib yuruvchilarga o'xshash qushlar bo`lgan.Shuningdek, qadimgi qushlarga yana enantsiornislar (Enantciornithes) va коnfutsiusornislar (Confuciusornis) ham kiradi. Yelpig‘ich dumlilar yoki Haqiqiy qushlar kenja sinfiga hozirda yashab turgan 28-30 ta turkumlarga mansub 8 600 ta tur kiradi. Hozir yashab turgan barcha qushlar, shuningdek, uchlamchi va bo‘r davrlarida topilgan qazilma qushlarning barchasi yelpig`ich dumlilar yoki haqiqiy qushlar kenja sinfiga kiradi. Ularda katta to‘sh suyagi borligi, oldingi oyoqlarida erkin barmoqlar yo'qligi, dumi qisqa bo‘lib, unda patlar yelpig‘ichdek joylashganligi bilan xarakterlanadi. Haqiqiy qushlar kenja sinfi o'z navbatida 4 ta katta turkumga bo`linadi: 1. Tishli qushlar (Odontognathae) katta turkumi. 2. Pingvinlar (Impennes) yoki suzuvchilar (Natantes) katta turkumi. 3. Ko‘kraktojsizlar yoki tuyaqushlar (Ratitae) katta turkumi. 4. Ko‘kraktojlilar (Carinatae) katta turkumi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling