Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti
Ko’krak tojlilar (Carinatae) katta turkumiga
Download 0.5 Mb.
|
Документ Microsoft Word (5)
Ko’krak tojlilar (Carinatae) katta turkumigakiruvchi qushlarning aksariyat ko’pchiligi uchish qobiliyatiga ega, to’sh suyagida ko’krak toj suyagi taraqqiy etgan, yelpig’ich patlarida ilmoqchalari bor, terisida apteriya bo’ladi, suyaklari pnevmatik. Ko’krak tojli qushlar Yer yuzida keng tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo’linadi. 8500ga yaqin turi bor. O’zbekistonda 410dan ortiq turi uchraydi.
Nayburunlilar (Tubinares) turkumiga tashqi ko’rinishi baliqchilarga o’xshaydigan, juda yaxshi uchadigan, ochiq suv, dengiz va okeanlarda yashaydigan qushlar kiradi. Nayburunlilarning qanotlari uzun va o’tkir, barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Burun teshiklarining kalta naychalar ichiga o’rnashganligi bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Nayburunlilarning tipik vakillari – bo’ronqushlar bilan albatroslardir. Janubiy yarim sharda yashaydigan odatdagi albatrosning bo’yi 1 m.ga, yozilgan qanotining uzunligi 3,5 m. ga boradi. MDHning shimoliy dengizlarida bu qushlardan glupish uchraydi. Uzoq Sharqda esa kachurkalar tarqalgan. Kurakoyoqlilar yoki pelikansimonlar (Steganopodes) turkumiga suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi. Bularning xarakterli belgisi 4 barmog’ining umumiy suzgich parda bilan bir-biriga qo’shilganligi va pastki jag’ining ostida har xil darajada takomillashgan teri xaltachasi borligi hisoblanadi. Yer yuzida keng tarqalgan, dengiz, ko’l va daryolarning quyi oqimlarida yashaydi. MDHning janubiy tumanlarida saqoqush va qoravoylar yashaydi. Bular asosan baliqlar bilan ovqatlanadi. Qoravoylar baliqlarni katta chuqurliklarga sho’ng’ib ushlasa, saqoqushlar suvning sayoz joylarida tutadi. Gagarasimonlar (Caviformes) turkumigakiruvchi qushlar suvda yashaydi, suvda yaxshi suza oladi va sho’ng’iy oladi, lekin yaxshi yura olmaydi va ucha olmaydi. Gagaralar oyoqlaridagi 3ta oldingi barmog’i yaxlit suzgich parda bilan bir-biriga qo’shilgan bo’lishi, patlari zich joylashganligi, tumshug’i uzun, to’g’ri, o’tkir bo’lishi bilan xarakterlanadi. Gagaralarning ikkala jinsining rangi ham bir xildir. Bu turkum vakillaridan O’zbekistonda qora tomoq gagara uchraydi. Uning hajmi g’ozdan kichikroqdir. 2-3ta tuxum qo’yadi. Ularning sanoatda ahamiyati yo’q, lekin bu qushlar ko’llarni bezab turadi. Patli terisidan bezak tayyorlanadi. Laylaksimonlar (Ciconiiformes) turkumi.Bu turkumga laylaklar, ibislar va qo’tonlar kiradi. Laylaksimonlarning bo’yinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun bo’lib, suv bo’ylarida va botqoqliklarda yashaydi. Yer yuzida qutblardan tashqari hamma joyda tarqalgan. Ba’zilari koloniya bo’lib daraxtlarda uya qursa, qo’tonlar yakka uya quradi. Bizda oq laylak va qora laylaklar tarqalgan va ular «Qizil kitob»ga kiritilgan. Kaspiy bo’ylaridagi o’ziga xos tumshug’i bilan qizil g’oz ham shu turkumga kiradi. Laylaklarda tovush boylamlari yo’q. G’ozsimonlar (Ansoriformas) turkumivakillari suvda yashaydi. Barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Dum bezlari yaxshi rivojlangan. Tumshuqlari yassi bo’lib, yumshoq shox qatlam bilan qoplangan, uchida qattiq tirnoqchasi bor. Tumshuqning qirralarida esa shox plastinkalari bo’ladi. Bu turkumga g’ozlar, oqqushlar, o’rdaklar kiradi. Ular hammasi ovlanadigan qushlardir. Bular Yer yuzida keng tarqalgan. Suv qirg’oqlari yaqiniga uya quradi. Jo’jalari katta bo’lgach pana joylarda tullaydi. Qanot va rul patlari birdan tushib, uchish qobiliyatini yo’qotadi. Kunduzgi yirtqichlar (Falconiformes) turkumigao’rta va yirik qushlar kiradi. Ustki tumshug’ining uchi va tirnoqlari egilib, ilmoq hosil qiladi. Qizilo’ngachlarida jig’ildoni bo’ladi. Kunduzgi yirtqich qushlar Yer yuzining deyarli hamma qismida tarqalgan. Bular odatda juft bo’lib yashaydi va yerga, daraxtga, qoyalarga beo’xshov uyalar quradi. Yiriklari 1-3ta, kichiklari 4-7ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarni erkaklari va urg’ochilari navbatlashib bosadi. Tuxumdan chiqqan jo’jalari ko’zi ochiq, lekin nimjon, terisi yumshoq pat bilan qoplangan bo’ladi. Bu qushlar faqat hay-vonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga o’limtik bilan ovqatlanadigan amerika tasqaralari va bizda tog’li joylarda yashaydigan odatdagi tasqaralar ham kiradi. Ko’pchilik kunduzgi yirtqich qushlar hasharotlar va kemiruvchilarni qirib foyda keltirsa, tasqaralar o’limtiklar bilan oziqlanib tabiat sanitarlari vazifasini bajaradi. Ba’zi joylarda yirik lochinlar, qarchig’aylar, burgutlar sport va sanoat ovida tutuvchi qush sifatida foydalaniladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling