Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti


II.2. Qushlarning himoyalanishi va ko`payishi


Download 0.5 Mb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1551435
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

II.2. Qushlarning himoyalanishi va ko`payishi
Ko’payishi. Qushlar va boshqa ko’pchilik hayvonlarning hayot sikli yashash muhiti sharoiti bilan bog’liq bo’lib, yil davomida o’zgarib turadi. Ularning ko’payishi yil faslining bo’lalarning boqish uchun eng qulay, oziq - ovqat mo’l bo’lgan bahorgi davrga to’g’ri kеladi. Qushlar yillik hayot siklini ko’payishga tayyorgarlik ko’rish, ko’payish, qishga tayyorgarlik ko’rish va qishlov davrlariga bo’lish mumkin.
G`ozdek keladigan Janubiy Amerikada yashaydigan palamediyalarda qanotining bukilgan yerida katta-katta o'tkir pixlari bor, mana shu pixlari bilan ular bo'ri, tulki kabi yirtqichlarga zarba berib o‘zlarini himoya qiladi. Umuman, qushlarda himoyalanish va hujum qiladigan alohida organlari kam rivojlangan. Lekin, qushlar asosiy vazifasi boshqacha bo'lgan organlarini shu maqsadda foydalanadi. Masalan: lochinsimonlar bilan yapaloqqushlar timoq va tumshug‘i yordamida ,o`zini hinioya qiladi. Qarg'alar ham uzun va o'tkir uchli tumshug'ini kuch bilan harakatlantirib, dushmanining ko'zini cho'qishga harakat qiladi. Oqqushlar kuchli qanoti bilan dushmanidan himoyalanadi, tuyaqushlar kuchli oyog'i bilan odamning boldirini tepib sindirishi mumkin. Ko'l buqalar dushman yaqinlashganda g'alati holatga kiradi, ya’ni u gavdasini tayoqdek cho'zib, qamishning orasida qimirlamasdan qotibturadi va ko'zga ilinmaydi. Ba’zan u dushmanini qo‘rqitish uchun patlarini ko'tarib hurpaytiradi. Ukki ham shunday qiladi. Burma bo`yinlar dushmanini cho'chitish uchun ilonga o'xshab vishillaydi va boshi bilan bo'ynini xuddi ilondck liqillatadi. Ko'pgina qushlar himoya rangiga kiradi. Himoya tusi ochiq yerlarga uya quradigan qushlarning tuxumlarida ham seziladi (ba'zan baliqchilarning jigarrang tuxumlari). Bu qushlar tuxumlarini tagiga hech narsa to'shamasdan, mayda toshlar orasiga qo'yadi. Erkak karkidonqush urg'ochisi tuxum bosib yotgan daraxt kovagining teshigini loy bilan suvab, urg`ochisiga ochisiga oziq berish uchun kichkina tuynuk qoldiradi va shunday qilib ular uyasini daraxtga chiquvchi har xil yirtqichlardan hamda maymunlardan himoya qiladi. Nihoyat, koloniya bo'lib yashovchi baliqchilar, chittaklar koloniya bo`lib uya quradi va koloniya a'zolar birgalashib himoyalana oladilar.
Qushlarning ko‘payishi. Qushlarning urchishi tuxum qo'yuvchi tuban umurtqali hayvonlardan farq qilib, barcha qushlarda nasl uchun qayg'urish hodisasi kuzatiladi. Qushlar tuxum qo`ygandan keyin tuxumini bosib yotadi va gavda harorati bilan tuxumini isitadi. Qushlarning ko'pchilik turlari tuxumlarini maxsus qurilgan uyasida bosib yotadi. Jo'jasi tuxumdan chiqqandan keyin uni ota-onasi ma’lum vaqtgacha boqadi. Bu esa qush jo`jalarining kattagina foizini yashab qolishini ta'minlaydi va shunga ko`ra qushlarning urnumiy pushtdorligi ancha past bo'ladi.
Bir qancha tur qushlarda jinsiy dimorfizm sezilmaydi. Masalan: kaptarlar, g'ozlar, ko'pgina yapaloqqushlar shular jumlasidandir. Lekin, ayrim tur qushlarning nari modasidan patlarining rang-barangligi va katta-kichikligi bilan farq qiladi. Odatda, nar qushlar modasiga nisbatan yirik, har xil ranglarga bo‘yalgan bo'ladi (tovuqsimonlar, o'rdaklar). Kazuarlar, kivilar, tinamular va lochinsimonlarda,aksincha, ularning modagi nisbatan yirik bo`ladi. Qushlarning nari ovozlarida ham o'zgarish bor, ular turli ovozda sayraydi, bu holat ayniqsa poligam qushlarda (chumchuqsimonlar turkum vakillarida) seziladi. Jinsiy farqlar faqatgina qushlarning rangi, katta-kichikligi va tovushlaridangina sezilmasdan, balki narlarida har xil kokillar, tojlar, yoqalar, juda g'alati shakldagi teri va shox o'simtalari borligi bilan ham ajralib turadi. Qushlarning narlarida kekirdagining pastki qismida joylashgan ovoz apparatlarining muskul torlari modalarinikiga qaraganda kuchli rivojlangan.
Jinsiy dimorfizm pingvinlar, nayburunlar, kurakoyoqlilar, gagaralar, uzunqanotlar, maynalar, qarg'alar va boshqa ba’zi tur qushlarda umuman sezilmaydi. Baliqchilar, chistiklar, loyxo`rakarlar chumchuqsimonlarning ayrim turlarida jinsiy dimorfizm zorg`a seziladi.
Qushlarning bir-biri bilan yashash tarzi ham turli qushlarda har xil bo'ladi. Ayrim qushlar uzoq yillar davomida doimiy birga yashaydi. Bu hodisa, monogamiya deyiladi. Bunday qushlarga laylakar, yirtqich qushlar, to`tilar kiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, oqqushlar, yirikyirtqich qushlar va laylaklarning narlari modasi bilan bir necha yil. Ba’zilari hatto oxirgi damgacha birga yashaydi. Bular haqiqiy monogam qushlar hisoblanadi. G’ozlar, o'rdaklarning bir qancha turlari, Ko`gina chumchuqsimonlar faqat ko'payish davrida birga yashaydi.Tuxum bosib, jo'ja ochib chiqqandan keyin bu juftlik ajralib kctadi. Ayrim tur o'rdaklar birga uya qurgandan keyin ajralib ketadi. Ba'zi tur qushlar esa faqatgina qo'shilish paytidagina birga bo`ladi, ya'ni bir necha minut yoki soat, keyin ular ajralishib ketadi. Bunday qushlar bir ko'payish faslida ko'pgina urg'ochilami otalantiradi, chunki har kuni yangi juftlari paydo bo`ladi, ya'ni bitta erkagi bir gala urg`ochilari bilan birga yashaydi va ularni urug'lantiradi. Bunday hodisa poligamiya deyiladi. Poligam qushlarga asosan tovuqsimonlar turkumi vakillari kiradi. Lekin poligam qushlar orasida kamdan-kam uchraydigan poliandriya hodisasi ham kuzatiladi, ya'ni bitta urg'ochi moda ko'plab nar qushlar bilan yashaydi. Bu hodisa tinamular, ya’ni yashirindumlilar turkumi vakillarida kuzatiladi. Tinamular cho`lda yashaydi, tovuqlarga o'xshaydi. Plavunchiklarda (loyxo'raklar) ham bu hodisa kuzatiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling